Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
kishining namozdan chiqib, tahorat yangilaganidan so‘ng, namozini kelgan joyidan davom ettirib,
tamomlashi "bino qilish" deyiladi. Janoza yo hayit namozida tahorati buzilgan kishi, tahorat
yangilashga ketsa, jamoat namozni tamomlashidan qo‘rqsa, tayammum qilib, namozni davom ettiradi
va shu yo‘l bilan qazosini o‘qish mumkin bo‘lmagan namozlarni o‘tkazib yubormagan hisoblanadi.
Janoza, hayit namozi boshlanganida ham shu hukmga amal qilinadi). Juma, besh vaqt farz namozdan
birini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqish uzr emas (chunki juma namozi o‘tib ketsa, o‘rniga peshin
namozini, namoz vaqti chiqqan bo‘lsa, qazosini o‘qish mumkin).
3. Tayammum yer jinsi hisoblangan tuproq, tosh yoki qumga o‘xshash pok narsalarga qilinadi. Oltin,
kumush va yog‘och materiallariga o‘xshash narsalarga tayammum qilish joiz emas.
4. Tayammumda mash qilinadigan azolarni to‘la mash qilish.
5. Tayammum mashini qo‘lning butun ichki yuzasi yoki aksar qismi bilan qilmoq.
6. Tayammumda ikki qo‘l kaftini, bir joyga bo‘lsa ham, ikki marta urish.
Tayammumga niyat qilish
sharti bilan, tuproqning biror vosita yordamida qo‘l kaftiga tegishi ham ikki zarb o‘rniga o‘tishi
mumkin.
7. Tayammum qilayotganida hayz, nifos, tahoratsizlik kabi tayammumga zid holatlardan xoli bo‘lish.
8. Sham va yog‘ kabi tayammum mashining (teriga tegishiga) mone bo‘ladigan narsalardan poklanish.
Dostları ilə paylaş: