|
Abdulla avloniyning pedagogik qarashlariAbdulla avloniyning pedagogik qarashlariǀ
ISSUE 4
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 958
bo’lib, har bir bob ta’lim-tarbiya masalasig bag’ishlanadi va biri ikkinchisini to’ldiradi.
Muallif odamlarni xulq, hatti-harakat nuqtai nazaridan 2 guruhga bo’ladi: biri yaxshi
xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir. U bunday deydi: Axloq ulamosi
insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishdir: agar nafs tarbiyat topib yaxshi ishlar qilurg’a
odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo’lib, “Yaxshi xulq”, agar tarbiyatsiz o’sib, yomon ishlar
ishlaydurg’on bo’lib ketsa, yomonlikka tavsif bo’lib, “Yomon xulq” atalur.
Abdulla Avloniy insonning fatonat, nazofat, sa’y va g’ayrat, riyozat, shijoat, qanoat,
ilm, sabr, hilm, idrok va zako, avf kabi xususiyatlarining hammasini “Yaxshi xulqlar”
sarlavhasi ostida beradi.
G’azab, jaholat, razolat, safohat, hamoqat, atolat, hasad, g’iybat, ta’ma, zulm –
bularning barini muallif “Yomon xulqlar” sarlavhasi ostida beradi.
Abdulla Avloniy “tarbiya” sarlavhasi ostida tarbiyaning turlari haqida fikr yuritadi:
a)
Tarbiyaning zamoni;
b)
Badan tarbiyasi;
c)
Fikr tarbiyasi;
d)
Axloq tarbiyasi.
Qolaversa, muallif til masalasiga ham alohida e’tibor beradi, tilni, axloq bilan
bog’lab talqin qiladi.
Asar bo’limlarida yozuvchining o’z fikr va qarashlarini yanada boyitish maqsadida
Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v, Hazrati Ali, Hazrati Umar, Imom Shofe, Aflotun,
Ibn Sino, Suqrot, Aleksand Makedonskiy, Mavlono Rumiy, Luqmoni Hakim va yana
boshqa ko’plab hukamolarning ibratli so’zlariga, o’gitlariga murojaat qilganiga guvoh
bo’lamiz.
Asarda yaxshi xulqlar egasi bo’lish kerakligi, yomon odatlardan, illatlardan xazar
qilish, go’zal xulq egasining hamisha el orasida nufuzi baland bo’lishi, axloqsiz
kishining esa hamisha odamlar orasida yuzi qora bo’lishi asarning bosh g’oyasi qilib
olingan.
Muallif bola tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta ekanini
ko’rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazar e’tibordan qoldirmaydi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir bu
she’rlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va
kitobga, mehnatga, tabiatga, vatanga muhabbat uyg’otishni maqsad qilib qo’ygan.
Uning ko’pgina she’rlari zamirida Vatanni sevish g’oyasi yotadi. Shoir bu she’rlarida
Vatanni soda va samimiy misrakarda tasvirlaganki, faqat o’sha o’ninchi yillarning
o’rtalaridagina emas, balki, bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik
zavq olishlari mumkin.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Dostları ilə paylaş: |
|
|