124
EMBRIONAL RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA ULARNING DAVRLARI
Aliyeva Durdonaxon Shukurullo qizi
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti bilogiya fakulteti biologiya
yo`nalishi talabasi
Annotatsiya
- Ushbu maqola orqali yuksak mavjudot ya`ni odamning embrional
bosqichlari va rivojlanish jarayonida qisqacha to`htalib o`tamiz bu tirik organizimning
dastlabki bosqichlari va atavizm hodisalarida ro`y beradigan jarayonlar orqali barcha tirik
organizimlarning kelib chiqishini anglash mumkin.
Annotation
- through this article, we will briefly dwell on the embryonic stages and
development process of a high being, that is, a person, the first stages of this living organism
and the processes that occur in the events of atavism, it is possible to understand the origin
of all living organisms.
Аннотация
- посредством данной статьи мы кратко остановимся на зародышевых
стадиях и процессе развития высшего существа, то есть человека, первых стадиях
этого живого организма и процессах, происходящих в явлениях атавизма, можно
понять происхождение всех живых организмов.
Kalit so`zlar
- ontogenez, filogenezi, yadro parda, xromosomalar, vorsinkalar, gemofiliya,
menstruatsiya, ejakulyatsiya.
Tirik mavjudotlarning o ‘zlariga o ‘xshash nasllarni bunyod etish xususiyati irsiyat deyiladi.
Avlodlardagi organizmning asosiy xossalari va xususiyatlari (tashqi belgilar, xarakterlar,
ya’ni oliy nerv faoliyatlari) nasldan naslga o'tadi. Ammo tashqi muhit o'zgarishi bilan bu
ko'rsatkichlar ham o'zgarib, nasi o ‘zining qator xususiyatlarini o ‘zgartirishi mumkin.
Irsiyat organizmning filogenezi (tarixiy rivojlanishi)da tashqi va ichki muhit ta’siriga qarab
shakllanadi va belgi, xususiyatlarni nasllarga o ‘tkazadi. Irsiy belgilarning nasldan naslga o
‘tish qonun-qoidalarini xromosoma nazariyasi orqali tushuntirish mumkin. Jumladan,
hujayralarning bo‘linishida yadrosining bo'linishi muhim ahamiyatga egadir. Yadro parda,
bo'yalmaydigan (axromatik) ip va bo'lakchalar ko'rinishida to‘r orasida joylashgan
bo'yaluvchi qism (xromatin), yadro shirasi (asosiy massa) va yadrochalardan iborat.
Hujayralar mitotik bo'linganda yadro xromatini mitoz to'riga to'planadi. Xromatinli to'r asta-
sekin qalinlashib ayrim
bo'lakchalar (xromosomalar)ga bo'linadi. Yadrocha yo'qolib, o'mida ikkita tuzilma (sentriol)
paydo bo'ladi. Bular yadroning ikki tomoniga (qutbga) ajraladi. Bu vaqtda yadro pardasi
erib, axromatik modda hujayra protoplazmasi bilan qo'shilib, qattiqlashadi-da, iplar
ko'rinishidagi sentriollar o'rtasida joylashadi. Ayni vaqtda har bir xromosoma ikkiga
boiinib, juft-juft bo'lib joylashadi. Keyinchalik xromosomalarga birikkan axromatinli iplar
125
qisqarib, bir-biridan ajralgan xromosomalaming yarim bo'lakchalarini qutblar tomon
tortadi. Qutblarda xromosomalar qisqarib, ip koptogini hosil qilib, shakllanayotgan yangi
yadro xromatiniga aylanadi. Ota-onalardan birida nasldan naslga o'tadigan patologik
alomatlar (qo'l yoki oyoq barmoqlarining bir-biriga yopishishi, barmoqlarning kalta
bo'lishi, eshituv nervining tug'ma atrofiyasi va b.q.) bo'lsa, unga dominant tip deyiladi. Ana
shunday genni tashuvchi ota yoki ona nikohlanganda avlodda yuqorida keltirilgan nuqsonlar
paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermagan
ma’qul. tug'ilishi ehtimoli bor. Ba’zan (faqat erkaklarda) qonning yetarlicha ivimasligi
(gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasallikka x-xromosoma geni sabab bo'ladi. U nasldan-
naslga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya geni bo'lgan x-xromosomani tashuvchi
ayoldan tug'ilgan o'g'il bolalarning qariyb 50% ida qon ivimaslik kasalligi kuzatiladi.
Bunday kasallik qizlarda uchramaydi. Gemofiliyali erkak bilan geni bo'lgan ayol
(qarindoshlar) o'rtasidagi nikohdan tug'iladigan bolalar yashashga layoqatsiz bo'ladi. Ba’zan
qizil va yashil ranglarni farq qila olmaydigan (daltonizm) bola tug'iladi. Bu nuqson nasldan-
naslga o'tishi mumkin. Bulardan tashqari, tug'ma kar-soqov va ruhiy kasal bolalar ham
tug'iladi. Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi natijasida paydo
bo'ladi. Gametalar yetilayotganda xromosomalardan bir jufti ajralib, urug' hujayrasiga
qo'shilishi yoki aksincha, xromosomalar yetishmasligi
natijasida rivojlanuvchi organizmning barcha hujayralari buzilgan xromosomalar to'plamini
tutadi. X-xromosomaning zigotada bo'lmasligi (O) homilani halokatga uchratadi. XXU, XO
126
va XXX hollarda organizm rivojlanishida turlicha o'zgarishlar bo'ladi. Xromosomalar
kompleksining buzilishi jinsiy xromosomalargagina emas, balki ularning har bir juftiga ham
bog'liq. Ona qornida mnrtakning rivojlanishi. Bu davrda murtak hujayralari hisobidan
murtak pardasi hosil boMadi. Murtak parda sirtida qon tomirlari bilan ta’minlangan
vorsinkalar paydo bo'ladi (rasm). Vorsinkalar orqali murtak ona organizmidan kislorod va
oziq moddalar olib turadi. Tez orada vorsinka pardasi ichida yana bitta yupqa parda hosil
qiladi. Bu parda o‘sib pufakka aylanadi. Murtak ana shu pufak ichidagi suyuqlikda suzib
yuradi. Pufak murtakni shikastlanishdan himoya qiladi.Yo‘ldoshning hosil bo‘lishi.
Murtakning rivojlanishi davrida qon tomiriga ega bo'lgan vorsinkalar murtak pardasining
faqat bachadon devoriga qaragan tomonida saqlanib qoladi. Ana shu vorsinkalar o‘sib,
bachadonning qon tomirlarga boy bo'lgan shilimshiq pardasiga chuqurroq botib kiradi.
Yo'ldosh murtak parda vorsinkalari va bachadon devori shilliq pardasining birga yopishib
o'sishidan hosil bo'ladi. Yo’ldoshning hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning
homila davri boshlanadi (rasm). Yo'ldoshdagi kapillarlar orqali ona organizmi bilan homila
o’rtasida gaz va oziq moddalar almashinib turadi. Homilaning rivojlanishi. Homila
bachadonda tez rivojlanib, bir oylikda uning boshi tanasining uchdan bir qismini tashkil
etadi; ko‘zlari shakllana boshlaydi. Bir oylik homilaning barmoqlari bo'ladi. 2 oylik homila
3 cm ga yetadi, uning ko‘rinishi odamga o‘xshaydi. 3 oylik homilaning deyarli barcha
organlari rivojlangan bo‘ladi.
4—5 oylik homilaning yuragi ura boshlaydi. Bu davrdan boshlab homilaning o‘sishi
tezlashadi. Homilaning og‘irligi 5 oylik davrida 500 g, tug‘ilishidan oldin 3 3,5 kg
ga yetadi. Bolaning tug‘ilishi. Tug1 ish gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormon bilan
bog'liq Gormon ta’sirida bachadon devori kuchli qisqarib, to‘lg‘oq boshlanadi.
Muskullar qisqarishi tufayli homila bachadondan jinsiy qin tomonga suriladi.
Tug‘ilgan chaqaloqning yig‘isi uning o'pka
bilan nafas ola boshlaganligini bildiradi.
Doya - akusher chaqaloqning kindigini kesib, yoidoshdan
ajratadi va kesilgan kindik uchini
bogiab qo‘yadi. Homiladorlik - bo‘lg‘usi farzandning
bachadonda rivojlanish davri
bo’lib, 270-280 kun davom etadi. Menstruatsiya siklining
to‘xtashi, uyqu bosishi,
ko‘ngil ay nab turishi, sut bezlarining yiriklashuvi
homiladorlikning asosiy belgilari hisoblanadi. Homilador
ayol shifokor nazorati ostida boladi,
127
Ejakulyatsiya natijasida tuxumga kimyoviy ta'sir ko'rsatadigan 300 millionga yaqin
sperma hosil bo'ladi. Ayol kanaliga kirgandan so'ng, erkaklar jinsiy hujayralari qondagi
kimyoviy modifikatsiyaga uchraydi va plazma membranasidagi lipidlar va glikoproteinlar
konstitutsiyasini o'zgartiradi.
Har bir tirik organizm nasl qoldirish hususiyatiga ega bu 2 xil yo`l bilan amalga oshadi
jinsiy va jinssiz yo`llar bilan amalga oshadi insonlar esa jinsiy yo`l bilan ko`payadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Gilbert S.F. (2000) Rivojlanish biologiyasi. 6-nashr. Sanderlend (MA): Sinauer
Associates.
2.
Qiyosiy embriologiya. Mavjud:
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK9974
Gilbert, S. F. (2005).
3.
Rivojlanish biologiyasi. Panamerican Medical Ed. Gomes de Ferraris, M. E. &
Campos Muñoz, A. (2009).
4.
Og'iz gistologiyasi, embriologiyasi va to'qima muhandisligi. Panamerican Medical
Ed.
5.
Gratacós, E. (2007). Xomilalik tibbiyot. Panamerican Medical Ed.
6.
Rohen, J. W., va Lutjen-Drecoll, E. (2007). Funktsional embriologiya: rivojlanish
biologiyasining istiqboli.
Dostları ilə paylaş: |