202
INGLIZ TILI
11-SINF
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinflari uchun ingliz tili fanidan
yakuniy nazorat imtihoni yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini baholash yuzasidan
o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat imtihonini o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning
ingliz tili ta’limi bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashdan
iborat. Unda yozma va og‘zaki topshiriq 30 ta biletdan iborat bo‘lib, har bir biletda
bitta yozma va bitta og‘zaki, jami ikkita topshiriq beriladi. O‘quvchi olgan bilet
bo‘yicha yozma topshiriqni bajarishi uchun 30 minut, og‘zaki topshiriqqa
tayyorgarlik ko‘rishi uchun esa 10 minutgacha vaqt beriladi.
Chet tillari chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar va maktablar uchun maktab
metod birlashmasi qaroriga asosan qo‘shimcha bitta og‘zaki topshiriq beriladi va
tayyorgarlik ko‘rishi uchun qo‘shimcha 10 minut vaqt ajratiladi.
O‘quvchi yozma topshiriqni bajarishda berilgan mavzu yoki vaziyat
bo‘yicha o‘z fikri va munosabatini yozma bayon etishi kerak. O‘quvchi topshiriqni
bajarishda yozma nutq qoidalariga amal qilishi, lug‘at boyligi, so‘zlar va gaplarni
to‘g‘ri qo‘llashi, leksik va grammatik birliklardan to‘g‘ri foydalanishi tekshiriladi.
O‘quvchi tomonidan yozilgan matnni baholashda fikrlarning mantiqan bir-biri
bilan bog‘liqligi, o‘quvchining tanqidiy va ijodiy fikrlashi, uni ingliz tilida yozma
ifodalay olishi va matn hajmi 80 (sakson) ta so‘z atrofida bo‘lishi hisobga olinadi.
O‘quvchi og‘zaki topshiriqda berilgan mavzu yuzasidan o‘z fikrini ingliz
tilida erkin bayon etishi kerak. O‘quvchi tomonidan bildirilgan fikrlar grammatik
va fonetik jihatdan to‘g‘ri bayon etilishi, nutqining ravonligi, mavzudan
chetlashmaganligi va bildirilgan fikrlarning mantiqan bir-biri bilan bog‘liqligi
hisobga olinadi. Fikrlar bayon etilayotganda, so‘z birikmalarining noto‘g‘ri
ifodalanishi, grammatik va fonetik qoidalarga rioya qilmaslik hollari bir gapning
o‘zida ikki va undan ortiq marta kuzatilsa, o‘sha gap hisobga olinmaydi. O‘quvchi
bilet savollariga to‘liq javob bera olmasa, o‘qituvchi o‘quvchiga mavzu yuzasidan
qo‘shimcha savol berishi mumkin.
Bilet asosida va qo‘shimcha tarzda berilgan har bir savolga javob 5 ballik
tizim asosida baholanadi. Masalan: yozma topshiriqqa 3 ball, og‘zaki topshiriqqa
5 ball qo‘yilsa, baholar umumlashtirilib, o‘rtacha ball chiqariladi. 3+5=8 va 8:2=4
ball.
Dostları ilə paylaş: