Анатом- меш


hisoblanadi. 20-30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirin davri qisqaradi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

hisoblanadi. 20-30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirin davri qisqaradi. 
30 yoshdan so'ng uzayadi va harakat tezligi kamayadi. Bolalarda chaqqonlik 
rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi.Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda 
aniq bo'lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarning aniqligi va 
uchinchisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan 
ifodalanadi. 
Yosh ulg'aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda 
bo'lmaydi. 8-10 yashar qiz va o'g'il bolalarning chidamliligi bir xil bo'ladi. 12-15 
yoshda ayniqsa o'g'il bolalarda ortadi.14 yashar bolalarning chidamliligi katta 
odamnikiga nisbatan 70%ni,16 yoshda 80%ni tashkil etadi. 
Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish, 
sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik,chaqqonlik, kuchlilik
chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va 
yurishni ta'minlovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14-16 yoshda 
muskullar bilan birga bo'g'im, bog'lam apparati rivojlanib boradi. 
Muskullarning charchashi.
 Faoliyatidan so'ng ish qobiliyatining 
vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so'ng charchoqlik bosiladi. Bir 
guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi. 
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda 
yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi.Muskul charchaganda uning 
qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta'sirga javob reaksiyasi 
tezligi pasayadi,organizmning chidamliligi kamayadi.Bola qancha yosh 
bo'lsa,shuncha tez charchaydi,Ayniqsa bir turli muskullar tez charchab 
qoladi.Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobilyatining 
uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishda markaziy nerv sistemasi hal 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə