39
o’tganda isiydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi.
Shundan keyin
biurun bo’shlig’idagi havo halqum orqali hiqildoqqa o’tadi.
Hiqildoq.
Hiqildoq IV-VI bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan
bo’lib, yangi tug’ilgan bolalarda qisqa, tor va voronka shaklda bo’lib, shilliq qavat,
muskullardan iborat bo’lib, qon va limfa tomirlari bilan ta’minlangan. Hiqildoq 5
yoshgacha sekin o’sadi, uning o’sishi 14-15 yoshda tezlashib qiz bolalarda 1 barobar
o’g’il bolalarda esa 2 barobar o’sib, tovush chiqaruvchi pardalari ancha
yo’g’onlashadi.
Hiqildoq nafas o’tkazuvchi funksiyasini o’tkazish bilan 1-qatorda
tovush
hosil qiluvchi ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan
iborat, devori esa tog’ay va muskuldan tashkil topgan. Ichki qavatining o’rtasida
tovush boylashlari va muskullari joylashgan,
ularning harakati, qisqarishi va
bo’shashi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi natijasida tovush hosil
bo’ladi. Havo traxeyaga o’tadi.
Dostları ilə paylaş: