|
Science and Innovation International scientific journal12-13-yoshli-voleybolchilarda-yuqoridan-ikki-qo-llab-to-p-o-zatish-texnikasi-va-aniqligini-harakatli-o-yinlar-orqali-rivojlantirishTADQIQOT NATIJALARI
Tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar ko‘rib chiqildi.
1
.
Yosh voleybolchilarda ijro etiladigan o`yin malakalarini texnikasini harakatli o`yinlar
yordamida shakllantirish – tajribasini o`rganish.
2. Yosh voleybolchilarda yuqoridan ikki qo‘llab to`p qabul qilish va uzatish texnikasini
moslashtirilgan harakatli o`yinlar yordamida shakllantirish samaradorligini aniqlash.
Tadqiqot ob’ekti etib boshlang‘ich tayyorlov bosqichida, ikkinchi yil shug‘ullanuvchi
voleybolchilar tanlab olindi va texnik malakalarni maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlar
yordamida shakllantirish samaradorligini o‘rganish.
Tadqiqotimizda boshlang‘ich tayyorlov bosqichida shug‘ullanayotgan 12-13 yoshli
voleybolchilarda yuqoridan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini
shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar va xarakatli o‘yinlar tadqiqot asosida saralab
olindi.
Ikkinchidan qayd etilgan texnikaga mos maxsus mashq va harakatli o‘yinlarni muntazam
qo‘llash natijasida bu ijro malakalari nisbatan qisqa muddat ichida samaraliroq rivojlandi.
Olingan tadqiqot natijalari, ularning tahlili, mulohaza va xulosalar hamda ishlab
chiqilgan amaliy tavsiyalar voleybol bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlariga
tadbiq etilishi yosh voleybolchilar texnik va jismoniy tayyorgarligini samarali shakllantirish
imkoniyatini oshiradi.
Tadqiqotni 12-13 yoshli voleybolchilarda o`tkazilib, pedagogik tadqiqot 6 oy davomida
har biri 12 nafardan iborat nazorat va tajriba guruhlariga mansub bolalar olib borildi.
Ikki guruhda ham mashg‘ulotlar 90 daqiqadan iborat bo`lib, xaftasiga 3 martadan olib
borildi.
Texnik malakalar aniqligi amaldagi an’anaviy testlar yordamida o`rganilgan bo`lsa,
texnik mahoratining shakllanganlik darajasi 3 nafar murabbiylardan iborat ekspertlar baholari
asosida aniqlandi.
MUHOKAMA
Tajriba guruhida o`tkazilgan mashg‘ulotlarda quyidagi moslashtirilgan harakatli o`yinlar
qo`llanildi.
1. «Koptokni qabul qil va aniq qaytar».
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Dostları ilə paylaş: |
|
|