|
Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7Oriental Renaissance: Innovativeboshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-ijodiy-qobiliyatini-rivojlantirishning-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
241
w
www.oriens.uz
September
2022
-o‘quvchi shaxsining shakllanishi va o‘quv-mehnat faoliyati mazmuni;
-o‘quvchi shaxsi tabiatining tavsifnomasi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.
O‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasini to‘la yoritish uchun biz
uning rivojlanish xususiyatlari borasida muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz
lozim.
Biz faoliyatimiz davomida o‘quvchilarning psixologik rivojlanishi yosh
xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligini kuzatamiz. Ruhiy jarayonlar va bola
ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari
so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy psixologik
rivojlanishga ta’luqlidir. Bizning maktablarimizda ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga
faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki bolalarning barcha qobiliyatlarini
o‘stirishni nazarda tutgan holda olib boriladi.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlanishida
ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma
qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy
ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va tez o‘zlashtirib hayotga tadbiq eta oladilar. Lekin
bu qobiliyat va iste’dod, barcha yoshlarimizga tug‘ma talant nasib etavermaydi.
Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib borish
birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya’ni oila,
mahalla, o‘quv muassasalari zimmasiga tushadi. Bolalar o‘zidagi turli faoliyatlarga
bo‘lgan tug‘ma layoqatlarni jamoada, o‘z ustida tinmay ishlash jarayonida ro‘yobga
chiqaradilar. Maktablardagi sinf hamda jamoa, guruhlar, to‘garaklar, fan
olimpiadalarida ishtirok etish tug‘ma layoqatlarning imkoniyatlaridir. Shuningdek,
o‘quv va mehnat faoliyatida bolalarning layoqatlari uyg‘onadi va qobiliyatlari o‘sadi.
Iste’dod tushunchasining asosiy mazmuni “qobiliyat» degan tushunchani ham
anglatadi.
Shuni aytish mumkinki, qobiliyat tushunchasini insonning tabiiy xususiyati deb
qabul qilmay, biroq biz ko‘p hollarda qobiliyat rivoji asosida ba’zi insonlarda tabiiy
hususiyat, ya’ni iste’dod ham mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida «haqiqiy»,
«tabiiy», «tabiatdan berilgan» va shunga o‘xshash so‘zlar bilan aytilganda - «tabiiy»
tushunchasi, - qobiliyat tushunchasi bilan amaliy tahlilda bir-biriga bog‘liq. Ko‘p
hollarda biz tabiiylikni iste’dod rivoji asosida yotgan qobiliyatni tushunamiz. Balki
kimdir biror joyda amaliy so‘z ishlatishda, u yoki boshqa biror narsani - tabiiy
xususiyatni qobiliyat deb ta’kidlashi mumkindir. Go‘dak tug‘ilgan vaqtda mavjud
bo‘lgan «garmonik his» yoki «musiqaga bo‘lgan tuyg‘u» haqida o‘ylash dargumon.
Ehtimol, har qanday idrokli inson, tug‘ilgan daqiqadan boshlab, musiqaga bo‘lgan
|
|
|