May 21 st 2022 215 mavzu: rаqаmli iqtisodiyotni rivojlаntirish omillаri rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'li


International Conference on Developments in Education



Yüklə 243,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix15.05.2023
ölçüsü243,95 Kb.
#110470
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
May 21
st
 2022 
216 
qator ishlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmogʼiga ulanishning umumiy oʼtkazuvchanlik qobiliyati 1 200 
Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmogʼiga chiqish imkoniyati 
yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etmoqda. 2020 yilning 1 yanvaridan operator va 
provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 
1 Mbit/s uchun 56,0 ming soʼmni tashkil etdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, 
shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi. Respublika boʼyicha 237 ta obʼektda 
magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya 
qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari oʼtkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 
Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi. Ijobiy natijalar bor, biroq bu yetarli degani emas. 
[16] 
Blokcheyn texnologiyalari tomonlarning hech qanday vositachisiz bitimlarni xavfsiz, ishonchli amalga 
oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir. Uni koʼpchilik kriptovalyuta texnologiyasi sifatida bilsa-da, aslida 
blokcheyndan raqamli identifikatsiya, egalik va mulkiy huquqlar ximoyasi, toʼlov tizimi sifatida foydalanish 
mumkin. Ethereum kabi blokcheyn bazasida ishlaydigan ochiq manbali platformalar anʼanaviy huquqiy 
jarayonlarsiz har qanday aktivlar boʼyicha bitimlar tuzish, bank xizmatlarini koʼrsatish imkonini beradi. 
Hozirda jahonning turli mamlakatlarida moliyaviy texnologiyalar, yer resurslarini boshqarish, transport
sogʼliqni saqlash, taʼlim sohalarida blokcheyn tizimidan foydalaniladi. Blokcheyn tizimi har qanday sohaning 
shaffoflik darajasini oshiradi, korruptsiya holatlarining kamayishiga xizmat qiladi. Oʼzbekistonda raqamli 
iqtisodiyot va blokcheyn texnologiyalarining imkoniyatlari nihoyatda istiqbolli hisoblanadi. Mamlakatimiz 
rahbarining 2018 yil 2 sentyabrdagi Qarori bilan kripto-aktiv va blokcheyn texnologiyalar sohasidagi 
kompaniyalarning erkin faoliyatiga start berildi. Bundan tashqari, ushbu texnologiyalar davlat sektoriga 
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy etilmoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʼyicha eng 
istiqbolli va strategik muhim loyihalarni, shuningdek blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish 
sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga karatilgan “Raqamli ishonch” jamgʼarmasi tashkil etildi. [15] 
Аholi va tadbirkorlik subʼektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish 
maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar 
murojaatlarini koʼrib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirilgani raqamli 
iqtisodiyot rivoji yoʼldagi muhim qadamlardir. Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn 
toʼlovlarga imkon beruvchi toʼlov tizimlari mavjud boʼlishiga qaramay mobil toʼlovlar, internet, kommunal 
toʼlovlar uchun onlayn toʼlovlarni amalga oshirish koʼrsatkichi yuqori emas. 2017 yilda 34 foiz hisob egalari 
raqamli toʼlovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu koʼrsatkich Buyuk Britaniyada 96 foizga teng. 
Eʼtiborlisi, terminal orqali toʼlovlar son oshib bormoqda. Masalan, 2018 yilda terminal orqali toʼlovlar 53 
trillion soʼmni tashkil etgan. [16] 
Oʼzbekistonda barcha tizimlar raqamlashtirilmoqda. Аyniqsa, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin 
rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʼlgan talab yanada ortdi, barcha sohalarda raqamli funktsiyalarning 
safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan toʼlovlarni amalga oshirish, masofaviy taʼlim olish, dunyoning yirik 
kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda 
qogʼozbozlik, rasmiyatchilikning yoʼqligi, vaqtni tejash kabi qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat 
xizmatlarini raqamli koʼrinishda olsangiz, sizga belgilangan toʼlovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim 
etiladi. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, “Аlbatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish 
kerakli infratuzilma, koʼp mablagʼ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik 
qiyin boʼlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʼladi. Shu bois, raqamli 
iqtisodiyotga faol oʼtish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʼladi”. [23] 
2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha 
Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid 
davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga 
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali 
respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida: 
- 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga 
koʼpaytirish; 



Yüklə 243,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə