May 21 st 2022 215 mavzu: rаqаmli iqtisodiyotni rivojlаntirish omillаri rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'li


International Conference on Developments in Education



Yüklə 243,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix15.05.2023
ölçüsü243,95 Kb.
#110470
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
May 21
st
 2022 
219 
Oʼnlab yillar davom etadigan oʼzgarishlar epidemiya taʼsiri tufayli bir yil ichida sodir boʼldi. Masalan, 
Shveytsariya Markaziy banki «blokcheyn» texnologiyasiga ega elektron kronni bozorga olib chiqdi. Bagama 
Markaziy banki ayni shu dasturni 2020 yilning oktyabr oyida joriy qilgan edi. Shuningdek, dunyodagi eng 
yetakchi iqtisodiyotga ega davlatlardan biri boʼlgan Xitoy Markaziy banki moliya bozorlariga raqamli valyuta 
chiqarishga hozirlik koʼrmoqda. Mazkur jarayon 2035 yilgacha yakunlanishi kutilmoqda. Koronavirus 
sogʼliqni saqlash sohasida va iqtisodiyotda misli koʼrilmagan darajada va miqyosda inqirozni keltirib chiqardi, 
karantinga oid taʼqiqlar va chegaralarning yopilishi iqtisodiy faoliyatni toʼxtatib qoʼydi va dunyo boʼylab 
millionlab ishchilar ishsiz qoldi. 2020 yilda 34,3 million kishi oʼta qashshoqlik chegarasiga tushib qolishi 
mumkinligi prognoz qilingan edi. Аfrika mamlakatlarida ushbu koʼrsatgich 56 foizga oʼsishi taʼkidlandi. 
Pandemiya oqibatida, 2030 yilga qadar oʼta qashshoqlikda yashaydigan odamlar qatoriga yana 130 million 
kishi qoʼshilishi ehtimoli ham kutilmoqda. Maʼlum boʼlishicha, dunyo mamlakatlari hukumatlari mazkur 
iqtisodiy inqirozni minimallashtirish uchun dunyo yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foiziga teng katta 
moliyaviy choralarni amalga oshiradi [4]. Аyni paytda «jahon iqtisodiyoti globallashuvi»ning mohiyatini 
anglab yetish, uning alohida mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga koʼrsatadigan taʼsirini aniqlash va uning 
ijobiy hamda salbiy jihatlariga milliy xoʼjaliklar «immuniteti»ni taʼminlash masalalari tobora dolzarb 
ahamiyat kasb etayotganligini ham alohida taʼkidlash zarur. 
Xulosa 
Hozir butun dunyo boʼylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT vositalaridan 
foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi boʼlgan kompaniyalarga kuchli 
raqobat tugʼdirmoqda. Prognozlarga koʼra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano 
va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bogʼliq boʼlishi kutilmoqda. Shu 
munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot koʼlami ham ortib boradi, ishlab 
chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy oʼzgarishlarni 
boshdan kechiradi. Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yoʼliga bosqichma-bosqich chiqish 
uchun asosiy shart va omillar sifatida koʼrsatilmoqda: 
• axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal 
xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar 
kontseptsiyalarini tatbiq etish; 
• yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz 
avtomobillar va boshqalar singari); 
• oʼziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik 
uylarni barpo etishga oid gʼoyalarni amalga oshirish
• autsorsing, oʼzini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil 
shakllarini keng targʼib qilish; 
• muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat 
qiladigan professional tarmoqlarni yaratish. 
Yuqoridagilarning barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va elektron xizmatlar 
integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi. 
Birinchi galda bu masala xizmatlar buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish
kontragentlarni tanlash, elektron savdoni yuritish, toʼlovlar va boshqalarga tegishlidir. 

Yüklə 243,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə