May 21 st 2022 215 mavzu: rаqаmli iqtisodiyotni rivojlаntirish omillаri rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'li


International Conference on Developments in Education



Yüklə 243,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix15.05.2023
ölçüsü243,95 Kb.
#110470
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
May 21
st
 2022 
218 
raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushining har yili taxminan 20 foizga oʼsishiga (rivojlangan 
mamlakatlarda bu koʼrsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyatini belgilaydigan koʼrsatkich sifatida qaraladi. 
2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish koʼlamini 20ta mamlakatdan iborat guruh 
uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Аgar bu tendentsiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin 
bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda 
IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat qiladi, ushbu sektor ish oʼrinlarini boshqa sohalardagi ish oʼrinlariga 
solishtirganda u nisbatan qamroq YaIM yaratadi. Biroq IT yoʼnalishining yuksalishi yangi texnologiyalarni 
oʼzlashtirayotgan boshqa sohalarda ish oʼrinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT sohasida yaratilgan har 1 ta 
yangi ish oʼrni uchun turdosh sohalarda 4,9 ta ish oʼrni toʼgʼri keladi. [21]
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili — kiberxavfsizlikni taʼminlashdir. Karantin sharoitida 
global tarmoqda koronavirusdan saqlanish boʼyicha koʼrsatmalar yorligʼi ostida dasturiy tizimlarni ishdan 
chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib berishni 
vaʼda qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga oʼtkazishni soʼrab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy 
firibgarlar soxta onlayn-doʼkonlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta 
manzillaridan foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini taʼminlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.
Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni 
raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini taʼminlash 
muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan boʼlsa, 
kiberxavfsizlikni taʼminlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. Oʼzbekiston kiberxavfsizlik global 
indeksida oʼz pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017 yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-oʼrinni 
egallagan boʼlsa, 2018 yilda 52-oʼringa koʼtarildi. [16]
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk 
kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan boʼlsak, uni aynan innovatsion gʼoyalar, innovatsion 
yondashuv asosida boshlashimizkerak”. [22] Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini 
oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Qolaversa, bu korruptsiyaga qarshi samarali vositadir. Buni 
barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni 
keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʼz bilan aytganda odamlar turmushini yaxshilash mumkin.
Raqamli iqtisodiyot va investitsion faoliyat oʼrtasidagi munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamizda investitsiya muhitini rivojlantirishning asosiy muammosi beqarorlik boʼlib, u bir qator taʼsir 
etuvchi omillar tufayli shakllanadi: 
- iqtisodiyotning xom-ashyo resurslari, energiya narxi oʼzgarganda iqtisodiy vaziyatning eng kuchli 
oʼzgarishiga sabab boʼladi; 
- koʼpincha boshqa davlatlarga bogʼliq boʼlmagan holda olib boriladigan va manfaatlar toʼqnashuvlariga sabab 
boʼladigan mustaqil tashqi siyosat. 
Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va 
isteʼmolchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 milliard dollar atrofida mablagʼ sarflagan. Bozor 
kapitalizatsiyasi 210 milliard dollardan ziyod boʼlgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning toʼgʼri 
yoʼnaltirilganini isbotladi. [22]
Raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori texnologik maxsulotlarning 
bozorini yaratishi va uni qoʼllab-quvvatlashi lozim. Shu bilan birga, parallel tarzda davlat boshqaruvi, muhim 
sohalar va korxonalar uchun xususiy ilovalarni rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy 
platformalarini nazorat qiluvchi vositalarni oʼz izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi.
Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan boʼlsa-da, ushbu yoʼnalishda oʼzining ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli
raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi mavqeyini qoʼldan boy berdi. Janubiy Koreya esa elektron hukumat va 
elektron vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini oʼtkazish uchun) milliy 
byudjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar hosil qilmoqda va 
xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda. [22] Jumladan, davlat va xususiy sektorda 
callmarkazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinjiniring 
qilish orqali mana shunday natijaga erishildi.



Yüklə 243,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə