O’zbek tilida so’z yasalish usullari sultanova Muyassar Djumanazaarovna



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix16.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#110497
1   2   3   4
o-zbek-tilida-so-z-yasalish-usullari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№3 2022 
153 
Bir turkumdan boshqa turkumga o'tganda so'zlarda hosil bo'ladigan o'zgarishlar 
kategorial o'zgarishlar deyiladi. Masalan, tasodifan so'zining o'zagi (tasodif) ot, unga 
yasovchi -an qo'shimchasi qo'shilganda so'z boshqa kategoriyaga ko'chdi, ya'ni 
kategoriya o'zgaradi. Uzumzor so'zidagi yasovchi -zor qo'shimchasi otdan ot yasagan. 
Bunda kategoriya o'zgarmagan. 
So'z yasalishi bilan bog'liq ravishda so'zning lug'aviy va grammatik ma'nolari 
ham o'zgarishi murnkin. So'z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy 
jihatdan boyituvchi manbalardan biridir. 
So'z yasash tildagi boshqa sohalar bilan, xususan, lug'at va grammatika bilan 
uzviy bog'liq. Chunonchi, yasama so'z avval tilda mavjud bo'lgan lug'aviy 
vositalardan hosil bo'ladi. Masalan, tilde 
kitob, chiroy 
so'zlari mavjudligi uchun shu 
so'zlar asosida 
kitobxon, chiroyli 
kabi so'zlar yasalgan. So'z yasalishi asosida so'z 
ma'nosi o'zgaradi, yangi ma'noli so'z hosil bo'ladi. Bu holat so'z yasalishi bilan 
leksikologiya orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Ma'lumki, so'z 
yasalishida ko'pincha qo'shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan 
boshqa turkumga ko'chadi. Bu holat so'z yasalishining grammatika bilan ham 
bog'liqligini ko'rsatadi. 
So'z yasalishi natijasida so'zning shakli o'zgaradi. Yangi ma'no bilan birgalikda 
yangi shakl vujudga keladi. So'z yasalishi paytida hosil bo'ladigan shakl bilan so'z 
o'zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo'shimchalar orqali vujudga keladigan shakl 
orasida o'xshashlik bor. Shuning uchun so'z yasalishi ham shu turdagi boshqa 
hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir. 
Tilda mavjud bo`lgan so`z yoki so`zlar, so`z shakllari negizida ma’lum usullar 
bilan yangi ma’nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi. 
O`zbek 
tilida 
so`z 
yasalishining affiksatsiya, 
kompozitsiya, 
semantik, 
abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan quyidagi 2 usul asosiy va yetakchi 
usullar hisoblanadi: 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə