Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Futbol klublari, klublar rahbarlari va futbolchilarning majburiyati



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

18-bob. 
Futbol klublari, klublar rahbarlari va futbolchilarning majburiyati

18.1.
Futbol klublari o‘zlarining ushbu Reglamentda belgilangan 
majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar 
hisoblanadi. 
18.2. 
Futbol klublari, klublar rahbarlari, rasmiy shaxslari, futbolchilar va 
klublarning musobaqalarda ishtirok etuvchi boshqa xodimlari (keyingi o‘rinlarda — 
klub rasmiy shaxslari) yuqori darajadagi intizom, tartiblilik, uyushqoqlik, o‘zaro va 
tomoshabinlarga nisbatan hurmatni namoyish etib, ushbu Reglamentning barcha 
talablariga rioya qilishlari shart. 
18.3. 
Klub o‘z jamoasi a’zolarining xulq-atvori uchun bevosita mas’uldir. Ular 
uchrashuv komissari, inspektori va hakamlarining (keyingi o‘rinlarda — uchrashuv 
rasmiy shaxslari) harakatlariga aralashishi taqiqlanadi. 
18.4.
Futbol klublari o‘zlarining tomoshabinlari (jamoa muxlislari), 
shuningdek, klub nomidan biror-bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan 
har qanday shaxs xulqi uchun ham javobgardir. 
18.5.
Klublar rasmiylari hamda stadion rasmiylari uchrashuv o‘tkazilishi bilan 
bog‘liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun mas’uldir. Ular uchrashuv 
xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun mas’ul organlar bilan hamkorlikda 
uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga 
tutashgan hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha 
zarur choralarni ko‘rishlari shart. 
18.6.
Futbol klublari o‘ziga nisbatan chiqarilgan ogohlantirish va 
chetlatishlarni qayd etish jurnaliga ega bo‘lishi kerak. Diskvalifikatsiyasi bor 
futbolchining maydonga tushirilgani uchun klub bevosita javobgar hisoblanadi. 
18.7. 
Futbol klublari xalqaro turnir yoki xorijdagi o‘quv-mashg‘ulot 
yig‘inlarining muddati va joyi aniq bo‘lishi bilan bu haqda O‘zPFLni xabardor 
qilishlari shart.
18.8.
Mezbon jamoa Musobaqalarning rasmiy kalendar uchrashuvi 
boshlangunga qadar 20 kundan kech bo‘lmagan muddatda O‘zPFL ma’muriyatiga 
uchrashuvning boshlanish vaqti borasida taklif berishi zarur. O‘zPFL uchrashuv 
vaqtini teletranslyatsiya huquqini qo‘lga kiritgan kompaniya bilan kelishib 
belgilaydi.
18.9.
Klub uchrashuv sanasini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, tegishli so‘rov batafsil 
asoslangan yozma shakldagi murojaat bilan kalendar bo‘yicha rejalashtirilgan 
muddatdan kamida 20 kun oldin O‘zPFLga yuborilishi zarur. 
18.10.
Superliga, Pro liga hamda O‘zbekiston kubogi musobaqalarida klublar 
uchrashuv startiga 24 soat vaqt qolgunicha uchrashuvda ishtirok etishi mumkin 
bo‘lgan 23 kishilik kengaytirilgan ro‘yxatni O‘zPFLga taqdim etilishi kerak. Mazkur 
ro‘yxatda aks etmagan futbolchi uchrashuvga qo‘yilmaydi. Epidemiologik vaziyat 


30 
bilan bog‘liq holatda tibbiy test natijalarini taqdim etmagan futbolchi va rasmiylar 
uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaydi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə