16-mavzu: Osiyoning yangi industrial davlatlari



Yüklə 115,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.05.2023
ölçüsü115,12 Kb.
#113669
1   2   3   4   5
16 OsiyoAfrika (1)

Malayziya davlati: 
Malayziya davlati yerlari, xususan «Nort Barkes»
 
Malayziya kompaniyasiga qarashli Shimoliy Borjo, Malakka
 
orolining janubiy 
qismi, Kalimantan oroli shimolidagi Saravak va Sabak urushgacha bo‘lak-bo‘lak 
holda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. 1941- yil 8-dekabrda Malakka oroliga 
yaponlar bostirib kirdi va 1942-yil fevralda uni butunlay egalladi.
 


Yaponiyaga, undan so‘ng Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik harakati 
keng avj oldi va aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi. 1945-yilda inglizlar 
kelib Malayya ittifoqini tuzdilar. Lekin u ham uzoq yashamadi. 
1948 - yilda Birlashgan xalq fronti yuzaga keldi, u yosh davlat mustaqilligini 
mustahkamlashda asosiy kuch bolishi kerak edi. Lekin ushbu frontda birlik 
bo‘lmadi, ichki kurashlar avj oldi. 
1948-yil 1-fevralda Malayziya Federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi. 
Konstitutsion monarxiya tuzumi o‘rnatildi. 
1957 - yilga kelib hozirgi G‘arbiy Malayziya mustaqil deb e’lon qilindi. 
1963 - yilda Singapur, Saravak va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi 
va mamlakat birlashtirildi. Lekin 1965-yilda Singapur Federatsiya tarkibidan 
chiqib, o‘zini mustaqil deb e’lon qildi. Malayziya hukumatida 1981-yildan 
musulmon malayziyaliklar katta ta’sir kuchiga egadirlar.
Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog‘-kon sanoati va qishloq 
xo'jaligi tashkil etadi. Malayziya jahonning 50 foiz kauchugini, 40 foiz qalayini 
ishlab chiqaradi. Ularning qariyb yarmini ingliz kapitali nazorat qiladi. AQSH va 
yapon kapitali ham katta ta’sirga ega. Elektr texnika, neftni qayta ishlash, kimyo, 
metallurgiya, avtomobil sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz, neft, qalay, mis, temir 
ruda konlari yangi texnologiya asosida mahsulot beradi. Yerning katta qismi 
zamindorlarga qarashli. Tabiiy kauchuk, какао, palma yog'i, qalampir, ananas 
yetishtiriladi va eksport qilinadi. Malayziya tashqi siyosatda qo‘shilmaslik yo‘lini 
tutgan. ASEANga a’zo. 0‘zbekiston bilan yaxshi aloqalar o'rnatgan. 

Yüklə 115,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə