Milliy kurash turlari


Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslublari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslublari.
Egiluvchanlik - bu 
kurashchining katta amplitudada harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. 
Egiluvchanlik bo’g’imlardagi harakatchanlik bilan aniqlanadi. U, o’z navbatida
bir qator omillarga bog’liq: bo’g’im sumkalarining tuzilishi, paylar, mushaklar 
cho’ziluvchanligi va ularning cho’zilish qobiliyati. Bir nechta egiluvchanlik turlari 
mavjud.
 
Faol egiluvchanlik - bu shaxsiy mushak kuchlanishlari hisobiga harakatlarni 
katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. 
Sust egiluvchanlik - bu tashqi kuchlar: og’irliklar, raqib harakatlari hisobiga 
harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. Sust egiluvchanlik hajmi faol 
egiluvchanlikning tegishli ko’rsatkichlaridan yuqori. 
Dinamik egiluvchanlik - dinamik xususiyatlarga ega mashqlarda namoyon 
bo’ladigan egiluvchanlikdir. 
Statik egiluvchanlik - statik egiluvchanlikka ega mashqlarda namoyon 
bo’ladigan egiluvchanlikdir. 
Umumiy egiluvchanlik - turli yo’nalishlarda eng yirik bo’g’imlarda katta 
amplituda bilan harakatlarni bajarish qobiliyatidir. 
Maxsus egiluvchanlik - kurashchining texnik-taktik xususiyatlarga tegishli 
bo’g’imlar va yo’nalishlarda harakatlarni katta amplituda bilan bajarish 
qobiliyatidir. Cho’ziltiruvchi mashqlar: oddiy, prujinali harakatlar, o’zini ushlagan 
holda siltanishli, tashqi yordam bilan bajariladigan harakatlar egiluvchanlikni
rivojlantirishning asosiy vositalari hisoblanadi. 
Bunday mashqlar bilan shug’ullanish paytida bir qator uslubiy shartlarni 
bajarish lozim: 
1) mashqlarni boshlashdan oldin albatta badan qizdirish mashqlarini kiritish; 
2) muayyan maqsadlarni oldinga qo’yish, masalan, gavda yoki buyumning 
ma’lum bir nuqtasiga qo’lni tekkazish; 
3) cho’ziltirish mashqlarini ma’lum bir ketma-ketlikda seriyalab bajarish: 
qo’llar uchun, gavda uchun, oyoqlar uchun; 
4) cho’ziltirish mashqlari seriyalari orasida bo’shashtirish mashqlarini 
bajarish; 
5) mashqlarni bajarish paytida asta-sekin ularning amplitudasini oshirish; 


6) mashqlarni bajarishda shuni hisobga olish lozimki, harakatchanlikni 
rivojlantirishning eng asosiy uslubi - bu takrorlash uslubi hisoblanadi. 
Bir-ikki oyda har kuni ikki marta shug’ullanuvchilarning alohida 
qobiliyatlariga qarab 25-50 takrorlashdan iborat me’yordagi cho’ziltirishga 
qaratilgan mashqlardan tashkil topgan mashg’ulotlar davomida egiluvchanlik 
ancha o’sishi mumkin. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə