Milliy kurash turlari


Sport kurashining asosiy tushunchalari va atamalari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/35
tarix29.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114018
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
milliy kurash turlari va uni oqitish metodikasi(1)

Sport kurashining asosiy tushunchalari va atamalari
.Tushunchalar va 
atamashunoslikda har qanday fanni o’rganish va o’qitish predmeti ochib beriladi, 
fanda to’planayotgan bilimlar jamlanadi. Agar tushuncha to’liq ta’rifga ega bo’lsa, 
ya’ni uni tuzish hamda ishlatish farqlari va usullari mezonlarining qisqa ifodasi 
berilsa, bunday tushuncha to’liq hisoblanadi. Sport kurashida foydalaniladigan 
quyidagi asosiy tushunchalar va atamalarni ta’riflashda shu narsaga e’tibor qaratish 
lozimki, ilmiy-usuliy adabiyotlar hamda amaliyotda ularning yagona ta’rifi yo’q. 
Kurashchilar tayyorgarligi tizimi - yaxlit birlikni tashkil qiluvchi va maqsadga 
erishishga yo’naltirilgan o’zaro bog’liq bo’lgan elementlar yig’indisidir, ya’ni bu 
jahonning kuchli kurashchilarining model tavsiflariga javob bera oladigan va eng 
yuqori natijalarni ko’rsatishga qodir sportchilarni tayyorlashga qaratilgan tadbirlar 
kompleksidir.
Kurashchining mashg’uloti - bu tayyorgarlik tizimining tarkibiy qismidir, 
yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan tizimlashtirilgan vositalar hamda 
uslublar yordamida sportchi rivojlanishini boshqarishning pedagogik jihatdan 
tashkil etilgan jarayonidir. 
Mashg’ulot faoliyati - trenirovka maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish 
bo’yicha trenerlar jamoasi hamda kurashchilarning birgalikdagi faoliyatidir. 
Sport musobaqalari - kurashchi tayyorgarligi tizimining tarkibiy qismidir. 
Ular trenirovka maqsadlari hamda uning samaradorligi mezoni bo’lib xizmat 
qiladi, boshqa tomondan esa, ular maxsus musobaqa tayyorgarligining samarali 
vositasi hisoblanadi. 
Sportchining texnik tayyorgarligi - kurashchining musobaqa faoliyatida 
yuqori ishonchliligini ta’minlaydigan harakat malakalarini egallashga qaratilgan 
pedagogik jarayondir.
Sportchining taktik tayyorgarligi - musobaqa faoliyatida texnik harakatlarni 
oqilona qo’llash malakasini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir. 
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi - jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish 
va funksional imkoniyatlarni oshirish, texnik-taktik harakatlarning samarali 
egallanishini ta’minlaydigan hamda musobaqa faoliyatida yuqori darajadagi 
ishonchlilikka yordam beradigan tayanch-harakat apparatini mustahkamlashga 
qaratilgan pedagogik jarayondir. 
Kurashchining ruhiy tayyorgarligi - ma’naviy, iroda va sport kurashining
o’ziga xos xususiyatlariga mos bo’lgan hamda musobaqa faoliyatida yuqori 


darajadagi ishonchlilikni ta’minlashga qodir ruhiy sifatlarni tarbiyalashga 
qaratilgan pedagogik jarayondir. 
Kurashchining nazariy tayyorgarligi - sportchini trenirovka va musobaqa 
faoliyati samaradorligini oshiradigan maxsus bilimlar bilan qurollantirish.
Kurashchining integral tayyorgarligi - samarali musobaqa faoliyatini 
ta’minlash maqsadida texnik, taktik, ruhiy, nazariy va jismoniy tayyorgarlik 
bo’yicha trenirovka ta’sirlarining integrasiyalashuviga qaratilgan pedagogik 
jarayondir. 
Mashg’ulot yuklama - mashg’ulotlar jarayonida kurashchiga trenirovka orqali 
ta’sir ko’rsatishning son ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi trenirovkaning tarkibiy 
qismidir. 
Musobaqa yuklama - musobaqa faoliyati hajmi va shiddatining son 
miqdoridir. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə