15
-
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan,
aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni
shakllantirish;
-
milliy, ma’naviy
va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan
oqilona
foydalanish
va
asrab-avaylash,
matematik
madaniyatni
umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va
texnologiyalarning
rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda
raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa ta’lim
tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatish bo‘yicha
ham xalqaro tajriba va
andozalarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Bundan ta’lim bo‘yicha qator xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari ham dalolat
bermoqda. Shu o‘rinda, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning
15 yoshli o‘quvchilarning ona tili, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA - o‘quvchilar yutuqlarini
baholash xalqaro dasturi tadqiqotlari natijalari e’tiborga molik.
Bundan tashqari, ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi (IEA) tomonidan
tashkil etilgan TIMSS - matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining
xalqaro
monitoringi dasturini ham keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot o‘quvchilarning turli
davlatlarda matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasi va sifatini solishtirishga
hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi.
Tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda matematika fanini o‘qitishga xalqaro
baholash dasturlarining mazmuni, baholash me’zonlari va mexanizmlari mahalliy
sharoitdan kelib chiqqan holda joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
STEAM (S – science - tabiiy fanlar T – technology - texnologiya, E – engineering
- muhandislik, A – art - san’at, M – mathematics - matematika) ta’lim
texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilarning egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish,
tajribalarni
bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar
yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu texnologiyani
amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli texnik qurilmalarni yasash uchun
loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning maketini yaratish va uni amaliyotda
ishlatib ko‘rish, kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar
bajariladi.
Matematik ta’limga kompetensiyaviy
yondashuv kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi
kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon
beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan egallashni
16
nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik
ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini
shakllantirish, kichik o‘quv
tadqiqotlarni bajarish orqali umumta’lim fanlarini o‘rganishga qiziqishni
kuchaytirish maqsadida fan o‘quv dasturlariga amaliy mashq va tatbiq hamda
loyiha ishi kiritildi. Bu holat nafaqat muayyan o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtirish
sifatini yaxshilaydi, balki fanlararo va fanning kundalik turmush bilan bog‘lanish
imkoniyatlarini ochadi va ta'lim samaradorligini oshiradi.
Matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan ko‘ra ko‘proq
amaliyotga e’tibor berish hamda o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini
berishga asoslangan yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab qilinadi.
Matematika darslarida ko‘proq keys, tadqiqot, loyiha, kichik o‘quv kashfiyotlari
kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilarda
kichik
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda kuzatish, tajriba, o‘lchashlar, analiz
(tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy
izlanish metodlaridan o‘rnida foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarda bilim va
ko‘nikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan,
ularni hayotiy vaziyatlarda
qo‘llay olish kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu o’rinda loyiha ishlarining o’rni e’tiborga molik. O‘quvchilar bir o‘quv yilida
o‘zlari qiziqqan fani yoki ta’lim sohasidan faqat bitta loyiha ishini bajarishlari
tavsiya etiladi. Loyiha ishi mavzulari o‘qituvchilar tomonidan bitta yoki bir necha
o‘quv fanlari doirasida muammoli vaziyat yoki keys sifatida tanlanadi. Loyiha ishi
mavzusi ustida o‘quvchilar alohida-alohida yoki qiziqishlariga qarab 3-4 kishilik
guruh bo‘lib ishlashlari ham mumkin. Loyiha ishi o‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan
himoya bilan tugaydi. Himoyani bitta yoki bir necha o‘quv fanlari doirasida
konferensiya tarzida o‘tkazilishi mumkin. Loyiha ishi mavzusi ustida
o‘quvchilarning individual yoki guruhiy ishi quyidagi o‘quv faoliyatlarni o‘z
ichiga olishi mumkin: o‘z izlanish
faoliyatlarini rejalashtirish, vazifalarni o‘zaro
taqsimlab olish, oldilariga o‘quv maqsadlarini qo‘yish, kerakli ma’lumotlarni izlab
topish, mavzuga doir muammoli vaziyat yechimlarini qidirish, ulardan eng
maqbulini tanlash va uni asoslash, zarur hollarda so‘rovlar yoki tajribalar
o‘tkazish, loyiha ishi natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, o‘z faoliyatlarini tahlil
qilish va baholash, loyiha ishi himoyasi uchun taqdimot tayyorlash va uni himoya
qilish. O‘quvchilar loyiha ishi muammosi bo‘yicha izlanishlarini odatda darsdan
tashqari mustaqil mashg‘ulotlarda olib borishadi.
Dostları ilə paylaş: