Auditor dasturni birma-bir ko`zdan kechiradi va xatoga yo`l qo`ygan bank xodimini topadi.
Bizning jadvaldagi xatoga yo`l qo`ygan bank xodimi bankning omonat bo`limi
nazoratchi
buxgalteri bo`lib chiqdi. U mijozning 31 mln so`m omonatini dasturga kiritayotganda xatoga
yo`l qo`ygan ekan. Bu bo`yicha dalolatnoma tuziladi va mijozga to`lanishi lozim bo`lgan 1 010
ming so`m to`lab berilishi lozim. Bank yordamchi buxgalteri tomonidan
xodimlarning xizmat
safari bo`yicha to`lanishi kerak bo`lgan 1 ming so`m mablag`i noto`g`ri hisoblanagan va buni
bank xodimiga to`lashi zarur.
Bankda o`tkazilgan audit natijalari dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi.
Uning birinchi
nusxasi filialda qoldirilsa, ikkinchi nusxasi bosh bankka olib boriladi.
Bu nusxa bank
Kengashiga taqdim etiladi. Bank Kengashi esa uni belgilangan tarzda ko`rib chiqadi va
boshqaruvning tegishli departamentlaridan bu mauammoni hal qilishni talab qiladi. Bank
departamenti bu talabni tegishli tarzda bajaradi va bajarilgan ishlar
yuzasidan bank Kengashiga
axborot beradi. Bu jarayon audit natijalari realizatsiyasi deb nomlanadi.
Bank auditida audit natijalari realizatsiyasi muhim ahamiyatga ega. Bank auditi natijalari
realizatsiyasi bankda ishlamayotgan yoki xato ishlayotgan xodimlari topishda va ularga yordam
berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Unga tegishli department orqali ta`sir o`tkaziladi va yo`l
qo`yilgan xatoliklarni to`grilash uchun maxsus topshiriqlar beriladi.
Bank auditi shunisi bilan muhimki, auditor tomonidan aniqlangan
xato va kamchiliklar
to`g`rilash uchun bank Kengashiga taqdim etiladi. Bank kengashi esa topilgan xatoliklarni
to`grilash uchun bank boshqaruviga ko`rsatmalar beradi.
Bu jarayon bankda yaxshi
ishlamayotganlarni jazolash, ularga to`g`ri yo`l ko`rsatish, qilingan xatoliklarni qayta qilmaslikni
o`rgatadi.
7 mavzu. Debitorlar, kreditorlar va qimmatli qog’ozlar auditi
Reja:
Dostları ilə paylaş: