14
Saylanma xavfsizlik
siyosati murojaatni boshqarishning tanlanadigan usuliga asoslanadi.
Vakolatli
xavfsizlik
siyosati administrator tomonidan taqdim etiladigan ko’plab ruxsat etilgan kirish
munosabatlarini bildiradi. Odatda saylanma murojaat boshqaruvi xususiyatlarini
tavsif etishda
murojaat matrisasi asosidagi matematik modeldan foydalaniladi.
Kirish matrisasi bu shunday matrisaki, unda ustun tizim obyektiga, satr esa uning subyektiga
to’g’ri keladi. Matrisaning ustun va satr kesishgan joyida subyektning
obyektga ruxsat etilgan
murojaat qilish turi ko’rsatiladi. Odatda obyektning subyektga «qo’yishga murojaat», «yozishga
murojaat», «ijroga murojaat» va h.k. kabi turlari qo’llanadi. Kirish matrisasi
kirishni boshqarish
tizimlarini modellashtirishdagi eng sodda yondashuv hisoblanadi. Biroq
u ancha murakkab modellar
uchun asos vazifasini ham o’taydi.
Kompyuter tizimlari xavfsizligini ta’minlash choralari ularni amalga oshirish usullari bo’yicha
quyidagi guruhlarga bo’linadi: huquqiy (qonunchilik); axloqiytarbiyaviy; ma’muriy;jismoniy;texnik-
dasturiy.
Sanab o’tilgan AX xavfsizligi choralarini axborot himoyasi yo’lida ketma-ket qo’yilgan to’siq
yoki chegaralar sifatida olib qarash mumkin. Himoya qilinayotgan axborotlarga yetib borish uchun,
ketma-ket bir nechta himoya chegaralarini bosib o’tish lozim bo’ladi.
Axborotlarni himoyalashning texnik
va dasturiy vositalari
Zamonaviy axborot - kommunikasiyalar texnologiyalarining yutuklari himoya uslublarining
bir kator zaruriy instrumental vositalarini yaratish imkonini berdi.
Axborotlarni himoyalovchi instrumental vositalar
deganda dasturlash, dasturiy - apparatli
va apparatli vositalar tushuniladi. Ularning funksional tuldirilishi xavfsizlik
xizmatlari oldiga
kuyilgan axborotlarni himoyalash masalalarini yechishda samaralidir.
Hozirgi kunda tarmoq
xavfsizligini nazorat kilish texnik vositalarining juda keng spektri ishlab chikarilgan.
Dostları ilə paylaş: