Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
 


30 
Xulosa 
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran 
o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq nomoyon bo‘ladi. yuksalib borishini 
ko‘ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. 
Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi 
tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi 
zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini 
to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab 
chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi. 
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi. 
Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining 
ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan 
bog‘liq. 
Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar 
yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga 
va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat 
jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga 
keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.Chunki, ishlab chiqarish orqaligina 
turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham 
vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni 
vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z 
navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, 
yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar 
shular jumlasidandir. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi 
o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab 
chiqarish o‘z navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir 
yuvish mashinasi, videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj. 


Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-maishiy madaniy 
sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi. Bunga oddiygina misol, dastlabki 
ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash 
texnologiyasi tubdan farq qiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə