Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
to'ldiruvchi ne'matlar 
deb ataymiz. 
Bizning ehtiyojlarimizni qondirish uchun talab etiladigan aksariyat iqtisodiy 
ne'matlarni ishlab chiqarish zarur bo'ladi. Buning uchun esa ma'lum 
miqdordagi 
iqtisodiy resurslar
, ya'ni yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati, 
boshqaruv malakasi, kapital, xomashyo va materiallar, axborot talab etiladi. 
Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar. 
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z 
ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning qondirilishini 
talab etadi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, 
siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida 
eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir. 


20 
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum 
iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va 
xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs 
sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, 
mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish 
faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo`ladi, chunki har bir 
odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi. 
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi mumkin. 
Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum guruhga birlashgan 
kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, 
va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin. 
Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va 
guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit 
organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni 
avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish 
va boshqalar. 
Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud bo`lishi, 
qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni : 
-
jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga
-
jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ; 
-
hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ; 
-
tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga. 
Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha, iqtisod 
yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi. 
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar 
ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq. Agar 
jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa yoki 
jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o`rtacha 
mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi. Demak, inson 


ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi 
insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o`xshamaydi. 
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni 
guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi 
asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga 
bo`linadi. 
-
moddiy ehtiyojlar; 
-
sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ; 
-
mehnat ehtiyoji. 
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan. Ular 
tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq - ovqat, 
kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. 
Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. 
Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi, vrach, 
san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga ega, ularning 
yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q. 
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib 
bo`lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. 
Mehnat ehtiyoji insonni o`zida mujassamlashgan moddiy shaklda bo`lmaydi, u 
ishlashga bo`lgan ishtiyokda ifoda etiladi. 
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni 
ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib 
borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy 
qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat 
taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat 
a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran 
o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, 
ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi. Ehtiyojlar yuksalishining 
to`rt jihati bor. 


22 
1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan 
holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan o`rin 
almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi. 
2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi, ehtiyojlarning 
ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va videoapparatura paydo 
bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji paydo bo`lib, teatr yoki 
kinoga borish ehtiyoji qisqaradi. 
3.Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi. Bunda 
ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko`rinishlari va shakllari 
o`zgaradi. Masalan: umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq 
turlariga ehtiyoj o`zgaradi. 
4.Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o`rinbosar 
ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak 
rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort, navvot 
shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini bosishi ularning 
foydaliligi darajasidan kelib chiqadi. 
Ko`rinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy 
muammo ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. 
Ehtiyoj yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, 
ehtiyojlar cheksiz o`zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bo`lgan ishlab 
chiqarish resurslar cheklangan bo`ladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari, 
pul resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni g`arbda iqtisodchilar 
resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, 
birining cheksizligi va ikkinchisining kamyobligi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan 
to`la va samarali foydalanishni talab qiladi. 
Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan, 
moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-uskuna, 
mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan, inson resurslari 
yoki mehnat resurslaridan, aniqrog`i kishilarni mehnat qilib ishlab chiqara olish 
qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va qimmatbaho 


qog`ozlardan, to`rtinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa o`rnini to`ldirish mumkin 
yoki mumkin bo`lmagan tabiiy boyliklardan iborat. 
Yer kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o`rmonlar, qazilma 
boyliklar, umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan 
Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi 
bilan cheklangan. Aholining o`sish sur'atlari pasaygan sharoitda, aholi qariydi, uning 
tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog`i qisqaradi. 
To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar 
oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar yerni 
chirindilar va kul bilan o`g`itlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har doim 
cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi bo`lib 
kelgan. 
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama bo`ladi: 
1.Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran ortib borishi 
resurs birligidan ko`proq iste'mol buyumlari olishni talab qiladi. 
2.Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko`p turdagi mahsulot 
olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna metalldan 10 xil emas, 25 xil uy-ro`zg`or 
buyumlari olinadi. Ehtiyojlar tez o`zgargani sababli, muayyan resurslar sharoitida 
ularning hammasini birdan qondirib bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat muqobil 
mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni tanlab oladi. Resurslar 
cheklanganligidan bir mahsulotni ko`paytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki 
qo`shimcha mahsulot qo`shimcha resurs talab qiladi. 
Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir vaqtning 
o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga qarab, u yoki bu 
ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak bo`ladi. Resurslar 
sarfining 
birligidan 
olingan 
natija 
ko`paysa, 
ehtiyoj 
yaxshi 
qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar 
birligiga nisbatan qisqarishi demakdir 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə