Kam ta'minlanganlikning asosiy sabablaridan biri shaxsning jamiyat
ijtimoiy tarkibidagi o'rnidir.
Gap shundaki, aholining qator guruhlari ijtimoiy
jihatdan zaif himoyalangan hisoblanadi va kam ta'minlanganlikning asosini
tashkil qiladi. Bular nafaqaxo'rlar, pensionerlar, nogironlar, ko'p
bolali oilalar,
yolg'iz onalar, bevalar, yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar,
qochoqlar va majburiy migrantlardir. Ulardan tashqari, kam ta'minlanganlaming
kana qismini ishsizlar, to'liqsiz ish kunida band bo'iganiar yoki majburiy ta'tildagi
xodimlar, ish haqi bo'yicha qarzi bor, moliyaviy jihatdan nochor korxonalar va
singan korxonalaming ishchilari va xizmatchilari kabi guruhlar tashkil qiladi.
O'quvchi yoshlar ham qisman kam ta'minlanganlar guruhiga kiradi. Kam
ta'minlanganlikning tabiiy holatini ko'p bolali, tugalmas oilalar, uzoqqa
cho'zilgan kasallik sababli kambag'allashgan, tabiiy ofatlar tufayli mulkini
yo'qotgan shaxslar, moslashuvi qiyinlashgan shaxslar (piyanistlar, narkomanlar,
qamoqdagilar vajazo muddatini o'tab bo'iganlar) guruhi tashkil qiladi. Kambag'al
bo'lib qolishning eng kam xavfi oilada jon boshiga to'g'ri
keladigan yuqori
daromadga ega shaxslarda, poytaxt markazida yashovchi guruhlarda, rahbarlarda,
xususiy sektorda ishlovchilarda, mehnat bozorida talabga ega ixtisosliklar
bo'yicha oliy yoki tugallanmagan oliy ma'iumotga ega shaxslarda va mehnatga
kirishayotgan 29 yoshgacha bo'igan yoshlarda (kana yoshdagi xodimlarga
qaraganda joy topish osonroq) kuzatiladi. Kam ta'minlanganlik ko'p
darajali
hodisa hisoblanib, uning mohiyati faqatgina daromadlar yoki iste'moldan iborat
bo'lib qolmaydi. Agar inson taraqqiyoti uning munosib va sog'lom turrnush
kechirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo'lsa, unda bu ma'noda kam
ta'minlanganlik bunday imkoniyatlaming yo'qligi yoki jiddiy cheklanganligidir.
Kam ta'minlanganlik insondagi uchta asosiy YO'nalish, ya'ni sog'liq (uzoq
umr ko'rish orqali), bilim va yashash sharoitlari bo'yicha yetishmovchiliklaming
turli jihatlarida aks etadi va bu maxsus ko'rsatkich kambag'allik indeksi orqali
topiladi. Qayd qilish kerakki, kambag'allik indeksi daromadlaming iste'molga
nisbati bo'yicha aniqlanadi. BMT sutkasiga I yoki 2 dollardan kam daromad bilan
yashovchi aholini kambag'allar guruhiga kiritadi. Bundan tashqari, kam
ta'minlanganlikni baholashda uy xo'jaliklarini tekshiruv ma'iumotiariga ham
asoslaniladi. Bu tekshiruvlar har yili o'tkazilishi va unda 10000 uy xo'jaligidagi
reprezentativ tanlovni qamrab olishi lozim. Kam ta'minlanganlikning oziq-ovqat
mahsulotlari iste'moli bO'yicha chegarasini belgilashda
aholi jon boshiga
sutkasiga 2101 kilokaloriya iste'molga harajatlar qiymati bo'yicha hisoblab
chiqiladi. Bu chegaradan pastroq harajatlarning o'rtacha darajasiga ega bo'igan uy
xo'jaliklari kam ta'minlanganlar kategoriyasiga kiritiladi. Uy xo'jaliklaridagi
iste'mol qiylllatini aniqlash paytida oilaviy harajatlarning bir maromdaligi, shu
bilan birga, bevosita uy xo'jaligida yetishtirilgan mahsulot iste'moli ham hisobga
olinadi.
Dostları ilə paylaş: