89
4]. Ma’lumotlarning katta hajimda ekanligini va uni yagona kompyuter yoki serverda qayta ishlash
imkoniyati pastligi hisobga olinsa, eng yuqori natija beruvchi yondashuv taqsimlangan hisoblash
mexanizmlari orqali ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlashdir [5].
Ma’lumotlarning katta hajimda ekanligi sababli taqsimlangan
hisoblash tizimlarida
jarayonlarni to’g’ri tashkil etish tizim samaradorligiga ijobiy tasir etadi. Ya’ni Big Datani qayta
ishlashda taqsimlangan hisoblash tizimining samaradorligi tizimning bir nechta xususiyat
(omil)lariga bog’liq bo’ladi. Shunday taqsimlangan hisoblash tizimi samaradorligiga
chambarchas bog’liq bo’lgan muhim omillardan biri - bu tizim abonentlari o’rtasidagi
jarayonlararo aloqa va sinxronizatsiya. Ayniqsa, katta hajimdagi turli xillik xususiyatiga ega
ma’lumotlarni bir serverdan ikkinchisiga to’qnashuvlarsiz va yo’qotishsiz
uzatish tizim
samaradorligining qiyin bo’g’inidir. Bu, shuningdek, taqsimlangan tizimlarda parallel ishlash
jarayoniga ham tasir qiladi. Shuning uchun Big Datani qayta ishlash uchun taqsimlangan hisoblash
tizimining o’zaro bog’lanish sxemasini tanlash ish samaradorligiga ta’sir qiladi.
Taqsimlangan hisoblash tizimlarining bir qancha o’zaro bog’lanish sxemalari mavjud bo’lib,
ulardan asosiylari 5-rasmda ko’rsatilgan [6].
1-rasm
.
Taqsimlangan hisoblash tizimlarining oddiy o’zaro bog’lanish sxemalari. Ushbu
rasmda aylana hisoblash tugunini, chiziq esa tugunlar orasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqa
kanalini ifodalaydi
Chiziqli o’zaro bog’lanish sxemasi - hisoblash tugunlari bitta
chiziqqa joylashtirilgan va
ulangan (1-a rasm). Marshrutlash oddiy va topologiyani rekursiv sifatida ko’rish mumkin. Biroq,
qo’shni bo’lmagan har qanday ikkita tugun o’rtasidagi aloqa boshqa tugunlarning yordamiga
muhtoj, har qanday oraliq tugundagi nosozlik butun tizimni buzadi. Xulosa qilib aytganda, ushbu
sxema oddiy va arzon, ammo Big Datani qayta ishlash uchun yuqori ishlash yoki ishonchlilikni
yarata olmaydi hamda tizim miqyosi kattalashgani sari unumdorlik tez pasayadi.
Trassali o’zaro bog’lanish sxemasida har qanday ikkita tugun o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri
ulanish mavjud (1-b rasm). O’zaro ulanish umumiy trassa orqali amalga oshiriladi. Bu
bog’lanishlardagi murakkablikni sezilarli darajada kamaytiradi. Biroq, trassadan katta
ma’lumotlarning oqib o’tishini hisobga olsak har bir abonent ma’lumotlarni uzatishda aloqa
kanalini uzoq vaqt band qiladi. Natijada bir vaqtda uzatilgan xabarlar to’qnashuvi sababli o’z
manziliga yetib bormaydi.
Halqali o’zaro bog’lanish sxemasi - bu chiziqli o’zaro bog’lanish
sxemasining ikki uchi
o’rtasida qo’shimcha ulanish bilan takomillashtirilgan sxema (1-c rasm). Bu o’zaro ulanish
masofasini 2 martaga kamaytiradi. Biroq, asosiy xususiyatlar hali ham bir xil, Big Datani qayta
90
ishlash uchun yuqori ishlash yoki ishonchlilikni yarata olmaydi hamda tizim miqyosi kattalashgani
sari unumdorlik tez pasayadi.
Yulduzli o’zaro bog’lanish sxemasi, barcha abonentlarni birlashtiruvchi markaziy abonentga
ega (1-d rasm). Har bir aloqa kanali faqatgina ikkita abonentga xizmat qilganligi uchun
ma’lumotlar to’qnashuvi kuzatilmaydi. Bundan tashqari o’zaro ulanish masofasi 2 ga teng bo’lib,
markaziy kommutator tugunining yordami bilan kollektiv aloqani oson amalga oshirishni qo’llab-
quvvatlaydi va rekursiv kengayish imkonini beradi. Lekin ma’lumotlar hajmining kattaligi, ularni
qayta ishlash va abonentlar o’rtasidagi sinxronzatsiyani amalga oshirish vazifalarining ko’pligi
sababli markaziy kompyuter doimo yuklanish bilan ishlaydi va markaziy kompyuterning har
qanday nosozlikka uchrashi o’zaro aloqani yo’qotadi. Bu Big Datani qayta
ishlash ishonchliligiga
zarar yetkazadi.
To’liq bog’langan o’zaro bog’lanish sxemasi. Unda har qanday ikkita hisoblash tugunlari
o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa mavjud (1-e rasm). O’zaro bog’lanish masofasi 1 ga teng va har
bir aloqa kanal faqatgina ikkita hisoblash tugunini bog’laydi. Natijada bular Big Datani qayta
ishlash ishonchliligini oshiradi.
Tadqiqot natijasidan xulosa qilib aytiladigan bo’lsa, katta hajimdagi ma’lumotlarni saqlash
va qayta ishlashda to’liq bog’langan o’zaro bog’lanish sxemasi mumkin bo’lgan eng yuqori
samaradorlikni va ishonchlilikni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: