Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish
Usti ochiq elektr simni bexosdan ushlab olgan 
odamning panja mushaklari qattiq qisiladi, mushak
-
lari o‘ziga bo‘ysunmaydi, markaziy asab sistemasini 
shikastlanadi va odam hushidan ketadi. 
Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatishdan oldin uning 
elektr manbaidan ajratilganligiga ishonch hosil qilish 
kerak. Jabrlanuvchini chalqanchasiga yotqizish va 
sun’iy nafas oldirish lozim hamda tez tibbiy yordamni 
chaqirish zarur.
1.Elektr jihozlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini yozing.
2. Rasmda tasvirlangan xonada elektr asboblaridan foydalanishdagi xatoliklarni 
aniqlang.
Dazmol 
Nazoratsiz qoldirilgan
Elektr pech
Sochiq 
Stol chirog‘ri
Anvarning harakati
Elektr choynak
Devordagi rozetkalar


186
187
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
85-MAVZU.
 MAGNIT BIZNING HAYOTIMIZDA
Magnitlar qanday ahamiyatga ega?
Magnitlar bizning kundalik hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Magnitlarni uy-ro‘zg‘or jihozlari – radio, televizor
ventlyator, kompyuter, muzlatkich, telefon hamda tur
-
li texnikalarda, jumladan, avtomobil, elektr poyezd, 
samolyotlarda uchratish mumkin.
Magnit televizor, telefon va radio karnaylari ichida 
mavjud. Kichkina sim g‘altagi va karnay ichidagi mag
-
nit elektr signalni tovush tebranishlariga aylantiradi. 
Natijada biz turli ovozlarni eshitamiz. Shuningdek, ven
-
tilyator, elektr poyezdlarni harakatga keltirishda magnit 
qo‘llaniladi. Ulardagi elektr dvigatellarida elektr energi
-
yasi mexanik energiyaga aylantiriladi.
Elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiyalarining elektr 
generatorlarida ham magnitlar ishlatiladi. 
Biz kundalik hayotimizda kompyuterlardan foydalanamiz. Ammo 
uning ichida magnit borligi haqida o‘ylab ko‘rmaganmiz. Ma’lumot-
larni to‘plovchi qattiq diskda mavjud bo‘lgan magnit ma’lumotlarni 
saqlashda hamda uni ekranga chiqarishda yordam beradi.
Biz sayohatga chiqayotganimizda yo‘nalishni bilish uchun ko‘pincha kompasdan 
foydalanamiz. Cho‘ntak kompas shimolga ishora qilish uchun magnit ignadan 
foydalaniladi.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə