Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

A M A L I Y M A S H G ‘ U L O T
82-MAVZU. 
SODDA ELEKTR ZANJIRI
Elektr zanjiri yig‘a olasizmi?
Kundalik hayotimizda juda ko‘p elektr jihozlar (elektr lampochka, sovitkich, televizor
dazmol va boshqalar) dan foydalanamiz. Ular 
elektr iste’molchi
lar deb ataladi. Elektr
iste’molchilar va tok manbaini o‘tkazgich simlar orqali bir-biriga ulash 
elektr zanjiri
deyiladi. 
Elektr zanjirida elektr toki mavjud bo‘lishi uchun ikki shart bajarilishi 
zarur: birinchisi tok manbai bo‘lishi, ikkinchisi zanjir berk bo‘lishi lozim.
Rasmda eng sodda elektr zanjiri va uning elektr sxemasi keltirilgan. 
Elektr zanjiri tok manbai, elektr lampochkasi, uzib- 
ulagich va ulovchi simlardan iborat. Elektr zanjirida 
uzib-ulagich ochiq holatda bo‘lganda zanjir orqali tok 
o‘tmaydi.
 
Shuning uchun zanjirdagi elektr lampochkasi 
yonmaydi. 
Rasmda elektr zanjirining berk holati va uning elektr sxemasi kelti
-
rilgan. Elektr zanjirida uzib-ulagich berk holatda bo‘lganda zanjir orqali
tok o‘tadi.
 
Natijada
 
zanjirdagi elektr lampochkasi yonadi. 
Maqsad: 
eng sodda elektr zanjirini yig‘ishni o‘rganish.
1 -tajriba 
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi

tok manbai – galvanik 
element, 

lampochka, 

elektr dvigatel

parrak, 

uzib-ulagich va 
ulovchi simlar. 
1. Tok manbai, elektr lampochka, uzib-ulagich va ulovchi 
simlarni oling. Ulash simlarining himoya qatlami mavjudligiga 
e’tibor bering.
2. Rasmda ko‘rsatilgandek, elektr zanjirini yig‘ing va uzib-
ulagichni ochiq holatda qoldiring. 
3. Jarayonni kuzating va xulosa chiqaring.
3. Rasmda ko‘rsatilgandek, elektr zanjirini yig‘ing va uzib-
ulagichni berk holatda qoldiring. 
4. Jarayonni kuzating va xulosa chiqaring.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə