Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

A M A L I Y M A S H G ‘ U L O T
79-MAVZU. 
ENERGIYA ALMASHINUVI
Maqsadi: 
turli haroratdagi jismlar orasida issiqlik almashinuvini o‘rganish.
Xavfsizlik qoidalari:
– loyiha ishi davomida diqqatli va ehtiyotkor bo‘ling;
– ishga kirishishdan oldin ishning bajarilish tartibini o‘rganing;
– o‘qituvchining tavsiyalariga qat’iy amal qiling;
– ish joyida faqat amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan jihozlarni qoldiring;
– elektr choynakda suv isitishda ehtiyot bo‘ling;
– plastik idishdagi suvning haroratini o‘lchashda ehtiyot bo‘ling.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
metall stakan,
▸ 
shisha stakan,
▸ 
plastik stakan,
▸ 
suvli idish,
▸ 
elektr choynak.
1. Elektr choynakka suv quying va uni isiting.
2. Stol ustiga metall, shisha, plastik stakanlarni qo‘ying.
3. Stakanlarning har birini ikki kaftingiz orasiga qo‘ying va 
issiqlik darajasini baholang.
4. Issiq suvni bir xil miqdorda metall, shisha, plastik 
stakan idishlarga quying.
5. Biroz vaqtdan keyin stakanlardagi suvni choynakka 
qaytarib quying.
6. Stakanlarning har birini ikki kaftingiz orasiga qo‘ying va 
issiqlik darajasini baholang.
7. Ikkala holatni taqqoslang va xulosa qiling.
Qaysi stakan issiqroq? Sababini tushuntiring.


174
175
11-bob. ENERGIYA
11-bob. ENERGIYA
2-tajriba.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
shisha stakan,
▸ 
muz bo‘lagi,
▸ 
temir qoshiq,
▸ 
termometr,
▸ 
suvli idish,
▸ 
elektr choynak,
▸ 
xavfsizlik qoidasi belgisi
1. Elektr choynakda suvni isitib oling va shisha stakanga 
quying.
2. Suvli stakanga termometrni tushiring va suv haroratini 
o‘lchang va (t1=…) natojani jadvalga yozing.
3. Suvli stakanga bir bo‘lak muzni soling hamda uning 
erishini kuting.
4. Muz erib bo‘lgach, idishdagi suvning haroratini termometr 
yordamida o‘lchang va (t2=…) natijani jadvalga yozing.
5. Har ikkala holatdagi termometr ko‘rsatkichlarini 
taqqoslang va xulosa chiqaring.
T/r
Muz solinmasgan oldingi 
termometr ko‘rsatkich, t1
Muz erigan vaqtdagi 
termometr ko‘rsatkich, t2 
Suv haroratning 
o‘zgarishi
1
2
Suv haroratining o‘zgarish sababini tushuntiring.
Energiya bir jismdan ikkinchi jismga o‘tganda energiya almashinuvi bo‘ladi. Mas
-
alan, koptokni tepganda oyog‘ingizning energiyasi futbol to‘piga o‘tadi, natijada koptok 
harakatga keladi. Quyosh energiyasi o‘simliklarning o‘sishiga yordam beradi. Lampoch-
kaga berilgan elektr energiyasi yorug‘lik energiyasiga aylanadi. Elektr isitkich yonida 
o‘tirganingizda, tanangiz issiqlik olganini sezasiz. 
Rasmlarga qarab energiya almashinuvini muhokama qiling.
1. Issiqlik almashinuvi nima?
2. Issiqlik almashinuvining qanday usullarini bilasiz?

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə