Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


-MAVZU. ISSIQLIKNING UZATILISHI



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

75-MAVZU.
ISSIQLIKNING UZATILISHI
Qanday jismlar issiqlikni yaxshi o‘tkazadi?
Ertalab nonushta paytida issiq choyga temir qoshiqda shakar 
olib, choyga solib aralashtirganimizda, qoshiq isiydi va qo‘lim
-
izning qiziganligini sezamiz. Bu tajribadan ko‘rinadiki, metallda 
issiqlik yaxshi uzatilar ekan.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
spirtli lampa, 
▸ 
sham, 
▸ 
plastik pichoq, 
▸ 
2 ta shtativ qisqichlar
▸ 
50 cm li mis sim, 
▸ 
4-5 dona to‘g‘nogich, 
▸ 
quruq yoqilg‘i,

keramika plita.
Guruhlarda ishlash.
1. Plastik pichoq yordamida bir xil kattalikda 4-5 ta sham 
kubiklarini kesib tayyorlab oling. 
2. Mis simni sham kubiklarining o‘rtalaridan o‘tkazing, sham 
kubiklarini simga bir xil uzoqlikda tizib chiqing. 
3. Mis simni rasmdagidek shtativga mahkamlang. 
4. Mis simga o‘tkazilgan shamlarning har biriga to‘g‘nag‘ich 
sanching. 
5. Keramika plita ustiga quruq yoqilg‘ini yoqing.
6. Mis simni isitishni boshlang hamda shamlar va 
to‘g‘nag‘ichlarni kuzating.
7. Tajribada qanday hodisa yuz berishini kuzating.
Kichik guruhlarga bo‘linib muhokama qiling.
Nima sababdan to‘g‘nagichlar shamdan uzildi?
Ba’zi moddalar issiqlikni yaxshi o‘tkazsa, ba’zilari yomon o‘tkazadi. Masalan, 
dastakli tovada biror taom pishirish uchun uni isitkich ustiga qo‘yamiz. Isitkichdan
issiqlik tovaning metall qismiga uzatilganda, u issiqlikni yaxshi o‘tkazib, tez qiziydi. To
-
vaning qizigan qismidan issiqlik taomga uzatilib, uning pishishini ta’minlaydi. Ammo uning 
dastagi qizib ketmaydi, uni qo‘limiz bilan bemalol ushlaymiz. Sababi, tovaning 
dastagi issiqlikni yomon o‘tkazadigan materiallardan yasalgan. Issiqlikni metallar (alyuminiy, 
mis, temir va boshqalar) yaxshi o‘tkazadi. Plastmassa, shisha, yog‘och, qamish poxol
g‘isht kabilar metallarga nisbatan issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydi.


166
167
11-bob. ENERGIYA
11-bob. ENERGIYA
Issiqlik o‘tkazuvchanlik moddaning xususiyatlaridan biridir. 
Qishda uyimizni isitish uchun elektr pech yoki isitish batareya-
sidan foydalanamiz. Elektr pechdan yoki isitish batareyasidan 
chiqayotgan issiqlik havoga o‘tadi. Havo issiqlikni atrofdagi
jismlarga uzatadi. Natijada isitish qurilmasining atrofidagi jismlar 
isiydi. 
Ammo isitish qurilmasidan uzoqda bo‘lgan jismlarga issiqlik 
juda kam yetib boradi. Chunki havo issiqlikni metallarga nisbatan 
yaxshi o‘tkazmaydi.
Konveksiya
Uyni isitish batareyasi derazaning tagiga, polga yaqin qilib 
o‘rnatilishining sababini bilasizmi? 
Isitish batareyasi atrofga issiqlik uzatadi. Natijada batareya 
atrofidagi havo qatlami qiziydi. Issiq havo yuqoriga qarab 
ko‘tariladi va qisman issiqlikni xona shiftiga beradi. Biroz sovigan 
yuqoridagi havo qatlami esa pastga tushadi. Bu havo oqimi 
isitish orqali yana qiziydi. Shu tariqa pastdan yuqoriga qarab 
issiq havoning ko‘chishi uzluksiz davom etadi. Issiqlikning bu 
turdagi uzatilishiga, ya’ni issiqlik oqimining ko‘chishiga 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə