Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Ishni bajarish tartibi
▸ 
kosa
▸ 
tanga
▸ 
suv solingan idish
Tajribani guruhlarda bajaring.
1. Kosani stol ustiga qo‘ying.
2. Kosa asosining o‘rtasiga tangani skotch bilan 
yopishtiring.
3. Kosa ichidagi tangaga qarab, undan 
uzoqlashing, tanga ko‘rinmay qolsin.
4. Kosaga do‘stingiz bir tekisda suv quysin. 
Jarayonni kuzating.
Kosaga solingan tanganing suv solingandan keyingi ko‘rinishini qanday izohlaysiz? 
Suv havzalari tubining sayoz ko‘rinishi yorug‘likning sinishi bi
-
lan bog‘liq.
Siz chomilish hovuziga yaqin kelganingizda suv sathi sayoz 
ko‘ringandek bo‘ladi. Hovuzning sayoz ekanligini taxmin qilib
sho‘ng‘iganingizdan so‘ng, uning chuqur ekanligiga amin 
bo‘lasiz. Shuning uchun suvning tasviriga aldanmaslik kerak. 
Suvning tubi sayoz ko‘rinishining sababi yorug‘likning sinishi 
bilan bog‘liq. 
1. Ko‘zgu qanday yasalgan? 
2. Ko‘zgularda tasvirlar qanday hosil bo‘ladi? 
3. Kundalik turmushda yorug‘likning qaytishi va sinishini qayerlarda kuzatish mum
-
kin?
72-MAVZU. 
LINZALAR
Ko‘z oynak nega taqiladi?
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
yashil burglar
▸ 
pipetka 
▸ 
suv solingan idish
1. Bargni stol ustiga qo‘ying.
2. Pipetkaga suv torting.
3. Bargdagi tomirlarni kuzating.
4. Bargning bir necha joyiga pipetka yordamida bir necha 
tomchi suv tomizing.
5. Tomchi ostidagi barg tomirlarini kuzating.
Kuzatilgan ikki holatni taqqoslang.
Barg yuzasigagi suv tomchisi qanday vazifani bajardi?
Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga 
linza
deb ataladi. Linzalar 
shaffof jism – shisha va plastmassadan yasaladi. 
O‘rta qismi chetki qismiga nisbatan qalin bo‘lgan linzalar 
qavariq linzalar 
deyiladi

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə