Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


Jismlarning suzish shartlari quyidagicha



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Jismlarning suzish shartlari quyidagicha:
1. Agar Arximed kuchi jism og‘irligidan katta bo‘lsa, jism suyuqlikda qisman botgan 
holda suzib yuradi.
2. Agar Arximed kuchi jism og‘irligiga teng bo‘lsa, jism suyuqlik ichidagi istalgan joy
-
da muallaq holda qoladi.
3. Agar Arximed kuchi jism og‘irligidan kichik bo‘lsa, jism suyuqlikda cho‘kadi.
Suvda suzishning inson salomatligiga ta’siri 
Suzish qon bosimini pasaytiradi, mushak kuchini oshiradi, miyaga yetarli miqdorda 
kislorod yetib boradi, qon yurishini yaxshilaydi, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini 
olish va inson salomatligini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. 
Loyiha ishi. Plastik idishdan sol yasash. 


157
11-bob. ENERGIYA
156
10-bob. HARAKAT VA KUCH
BOB YUZASIDAN MANTIQIY 
FIKRLASHGA YO

NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq
. Rasmlardagi harakatlarni tavsiflang.
2-topshiriq.
Munisa koptokni yuqoriga 
otdi, koptok 

nuqtada polga urilib, yana yuq
-
origa sakradi. Koptok qayta sakraganda 
B
nuqta sathiga nisbatan qanday ko‘tariladi? 
(balandroqqa, pastroqqa, B
 
nuqtaga) 
3-topshiriq.
Azizbek yo‘l 
o‘rtasida yotgan katta toshni 
temir lom yordamida chetga 
olib qo‘ymoqchi. Quyida beril
-
gan usullardan qaysi birida u 
kam kuch sarflab toshni siljita
-
di? Javobingizni tushuntiring.
4-topshiriq.
Plastik idish oldin sovitilib, keyin rasmdagidek suvga 
botirilsa, undan suvga pufakchalar chiqishini kuzatish mumkin. Shu 
hodisani tushuntiring.
5-topshiriq. 
Bir xil hajmdagi tosh va po‘kak suvga tashlandi. Tosh 
suvga cho‘ka boshladi, po‘kak esa suv yuzida qoldi. Suyuqlikning 
siqib chiqaruvchi kuchi po‘kakka ko‘proq ta’sir qildi deyish mumkinmi? 
Javobingizni izohlang.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə