Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Ekologiya 

 
inson va atrof-muhit orasidagi munosa
-
batlarni o‘rganadi. 
Bugungi kunda olimlar tomonidan elektr energiyasi
-
ni quyosh nurlari va shamol kuchidan foydalanib ishlab 
chiqarish usullari ham o‘rganilgan. Quyosh panellari
-
ga tushgan yorug‘lik energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr 
energiyasiga aylanadi. Bu usulda elektr energiyasi
ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga zararli gazlar 
ajralib chiqmaydi. Quyosh panellari quyoshli hududlarga 
o‘rnatiladi. 
Mamlakatimizning Samarqand viloyatida yirik quyosh 
elektr stansiyasi bunyod etilmoqda. Bu turdagi elektr 
manbalari yoqilg‘ilarni tejayda hamda atrof-muhitga turli 
zararli gazlarning chiqishini kamaytiradi.


168
169
11-bob. ENERGIYA
11-bob. ENERGIYA
Ekologiyaga jiddiy zarar keltirmaydigan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan 
manbalardan biri shamol elektr stansiyalaridir. Yil davomida uzluksiz shamol esib
turadigan hududlarda shamol elektr stansiyalari barpo etiladi. Xitoy, Hindiston, AQSh 
va boshqa mamlakatlarda katta shamol elektr stansiyalari qurilgan.
Quyida mamlakatimizda so‘nggi to‘rt yil davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 
miqdori keltirilgan:
• 
2018-yilda 62,8 mlrd kVt/soat;
• 2019-yilda 63,6 mlrd kVt/soat;
• 2020-yilda 66,4 mlrd kVt/soat:
• 2021-yilda 71,3 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Energiya manbalarini tabiatiga ko‘ra ikki turga ajratamiz: tiklanmaydigan va tiklanadigan. 
Turli elektrostansiyalarning foydali va zararli tomonlari haqida munozara o‘tkazing.
1. Quyosh panellaridan foydalanishning ahamiyatini tushuntiring.
2. Elektr generatorlari elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida ekologiyaga 
qanday ta’sir ko‘rsatadi?
77-MAVZU. ENERGIYANI TEJASH
Energiyani tejash qanchalik muhim?
Kundalik turmushda vodoprovoddan suvning 
oqib turishi, gaz plitasining va xonadon elektr 
chirog‘ining yoniq qolishi ko‘p guvohi bo‘lamiz. 
Energiyani tejash – bu ekologiyani asrash va
energiya resurslaridan oqilona foydalanish. 
Energiyani tejashning usullarini bilish o‘ta muhim. Quyida ularning ayrimlarini kelti-
ramiz:
• 
elektr lampochkalar, televizor, kompyuter kabi qurilmalarni yoqilgan holda qoldirmaslik;
• 
xonada konditsioner ishlab turganda derazalarni ochiq qoldirmaslik;
• 
vodoprovod jo‘mragini yopishni esdan chiqarmaslik;
• 
gaz plitasini o‘chirish.
Dunyoning ko‘p mamlakatlarida hozirgi kunda kam 
energiya iste’mol qiladigan qurilmalardan foydala
-
nilmoqda. Sanoatda kam energiya iste’mol qiladigan 
kompyuter, televizor, muzlatkich turlari, shuningdek
cho‘g‘lanma elektr lampochkalarning o‘rniga kam 
energiya iste’mol qiluvchi LED lampochkalari ishlab 
chiqarilmoqda.
Cho‘g‘lanma lampochkalarda elektr energiya-
sining katta qismi issiqlik energiyasiga, LED lampoch
-
kalarda esa asosan yorug‘lik energiyasiga aylana
-
di. LED lampochkalarda elektr energiyasi kamroq sarflanadi, shuning uchun ko‘chalarni 
yoritishda ko‘proq inert gazli oq lampalardan foydalaniladi. 
Cho‘g‘lanma elektr lampochkasi va LED lampochka-
ning energiya iste’mol qilishini taqqoslaylik. Cho‘g‘lanma 
lampochkaning quvvati 60 Vatt (W), LED lampochka-
ning quvvati 10 Vatt (W) bo‘lsin. Bu 
ikkala lampochka xonadonni deyarli 
bir xil yoritadi. Ammo cho‘g‘lanma 
elektr lampochkaning energiya iste’-
moli LED lampochkaning energiya 
iste’molidan 6 baravar ko‘pdir.
Muzlatkich va kir yuvish mashinalari yorliqlarida ko‘rsatilgan quv
-
vatlariga qarab, ularning energiya tejamkorligini taqqoslang.


170
171
11-bob. ENERGIYA
11-bob. ENERGIYA
Elektr energiyasi sarfini kamaytirishning yana qanday usullarini bilasiz?
Ko‘p hollarda televizorni elektr tarmog‘iga ulangan hol
-
da, kutish rejimida qoldiramiz. Biroq ushbu holatda televizor 
energiya iste’mol qilishda davom etadi. Bu holni butun 
shahar, mamlakat miqyosida hisoblaydigan bo‘lsak, ancha 
ko‘p energiya isrof bo‘ladi. Shu bois energiyadan tejam
-
korlik bilan foydalanish uchun kutish rejimida ishlaydigan 
qurilmalarni tarmoqdan uzib qo‘yish tavsiya etiladi.
Kundalik turmushda energiya samaradorligi va energiya 
tejamkorligi juda muhim hisoblanadi. Har bir oila kommu
-
nal xarajatlarni kamaytirish uchun energiyani tejab ishlatishi 
zarur. 
Xonadonda qaysi elektr jihozlari elektr energiyasini eng ko‘p iste’mol qiladi? Saba
-
bini tushuntiring.
1. Kunning qaysi vaqtida energiya iste’moli ko‘proq bo‘ladi?
2. Yashash hududingiz 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə