Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


Bizga kerak Ishni bajarish tartibi



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
shisha prizma,
▸ 
chontak fonari,
▸ 
karton qog‘oz,
▸ 
ekran 
Guruhlarda ishlash.
1. Qog‘oz kartondan cho‘ntak fonarining nur sochadigan 
qismiga mos doira qirqib oling.
2. Doiraning markazidan ingichka tirqish oching.
3. Cho‘ntak fonarining nur sochadigan qismiga tirqish hosil 
qilingan qog‘oz kartonni skotch bilan yopishtiring.
4. Cho‘ntak fonarni yoqing va ingichka nur dastasini hosil 
qiling.
5. Shisha prizmani stolga qo‘ying.
6. Shisha prizmadan 15–20 cm masofaga ekranni 
joylashtiring. 
7. Cho‘ntak fonari yordamida yorug‘lik nurini prizmaga 
rasmda ko‘rsatilgandek yo‘naltiring.
8. Ekranda hosil bo‘lgan spektrlarni kuzating.
Xulosa qiling.
Ekranda qanday spektr hosil bo‘ldi?
Prizmaga tushirilgan oq nur undan o‘tgach, yet
-
ti xil rangga ajraladi. Yorug‘likning yetti xil rangdan 
tashkil topgan tasviriga 
spektr
deb ataladi.
Quyosh nurlari atmosferadagi suv tomchilaridan 
o‘tganda, nur spektrlarga ajraladi. Biz bu spektrni 
kamalak deb ataymiz. Kamalak yoy shaklida 
bo‘lishiga sabab Yer atmosferasining sharsimon-
ligidir.


162
163
11-bob. ENERGIYA
11-bob. ENERGIYA
Nima uchun barg yashil, pomidor qizil rangda bo‘ladi? 
Atrofimizdagi jismlarni ko‘ra olishimiz uchun yorug‘lik manbalariga ehtiyoj sezam
-
iz. Yorug‘lik manbalaridan tarqalgan nurlar jismlarga tushadi va qaytadi. Natijada jismlar 
ko‘rinadi. Oq nur ostidagi jismlarning turli ranglarda ko‘rinishiga oq nurni tashkil etuvchi 
ranglardan ba’zilarining qaytishi va yutilishi sabab bo‘ladi. Ustiga oq nur tushirilgan jism 
undan qaytgan yorug‘likning rangida ko‘rinadi. 
Quyoshdan kelayotgan oq nur yashil barg ustiga tushayotgan bo‘lsin. Oq nur tarkibi
-
da yetti xil rang mavjud. Bu nurlar tarkibidagi yashil nur yashil bargdan qaytadi, qolgan
rangdagi nurlar bargga yutiladi. Yashil nur bargdan qaytgani uchun bargni yashil rangda 
ko‘ramiz.
Xuddi shuningdek, pomidor ustiga tushgan oq yorug‘lik tarkibidagi faqat qizil rang
qaytganligi uchun biz uni qizil rangda ko‘ramiz.
1. Kamalak favvoraning hamma tomonidan ham bir vaqtda ko‘rinadimi?
2. Prizmaga faqat bir rangdagi nur yuborilsa, ekranda nima hosil bo‘ladi?

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə