Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

konvek-
siya 
deb ataladi. 
Issiqlik uzatishdan amalda foydalanish
Qish paytida pomidor, bodring, limon, mandarin kabi sab
-
zavot va mevalar issiqxonalarda yetishtiriladi. Issiqxonaning 
usti va yon tomonlari qalin va mustahkam shisha oyna bi
-
lan o‘ralgan bo‘ladi. Quyoshdan kelayotgan nurlarni shisha 
yaxshi o‘tkazadi. Bu nurlar tuproqqa yutilib uni qizdiradi. 
Shuningdek, issiqxona ichidagi havo ham qiziydi. Shisha ta
-
biatiga ko‘ra issiqlikni yomon o‘tkazadi. Shishaning bu tabiati 
issiqxona ichidagi issiqlikni “tutib qolish” vazifasini bajaradi.
Yunusning dadasi uyning devorini g‘isht yoki paxsadan 
qilishni quruvchilarga aytdi. Uyning ustini yopishda esa dastlab poxol va uning ustiga 
tuproq quyib, so‘ng suvoq qilish kerak dedi.
Uy devorini g‘isht yoki paxsadan qilishning qanday ahamiyati bor?
Uyning ustini yopishda poxol va tuproq solinishining sababi nimada?
Nima sababdan “darcha” derazaning yuqori qismiga o‘rnatiladi?
1
.
Qanday moddalar issiqlikni yomon o‘tkazadi? 
2. Qalin palto yoki po‘stin odamni isitadi deyish to‘g‘rimi?
76-MAVZU. 
ENERGIYA VA EKOLOGIYA
Energiya qayerdan keladi? U sizga nima uchun kerak?
Elektr energiyasini ishlab chiqarish ekologiyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
 
Insoniyat tabiatda uchraydigan energiya manbalaridan 
samarali foydalanib, ularni boshqa tur energiyaga aylantir
-
ish usullarini o‘zlashtirib kelmoqda. Issiqlik elektrostansiya-
larida ko‘mir, gaz va 
mazut yonilg‘i sifatda 
ishlatiladi. Issiqlik energi
-
yasi maxsus qurilmalar 
yordamida elektr energi
-
yasiga aylantiriladi. Ish
-
lab chiqilgan elektr energiyasi uzatish tarmoqlari orqali 
turli iste’molchilarga uzatiladi. Ishlab chiqarilgan elektr
energiyasidan kundalik turmushimizda televizor, 
muzlatgich, elektr lampochka, kompyuter kabi qurilma
-
larda foydalaniladi.
Issiqlik elektrostansiyalarida yoqilg‘ilarning yonishi natijasida atmosferaga zararli 
moddalar ajralib chiqishi ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaga chiqqan gazlar 
global isishga va iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Atmosferadagi zararli gazlar yomg‘irga qo‘shilib yoqqanda binolar, daraxtlar, 
o‘simlik va hayvonlarga zarar yetkazadi.
Ekologiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan qanday elektr manbalarini bilasiz?

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə