Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


yashil deb nomlanishi uchun, uni qanday loyihalash kerak?  L O Y I H A I S H I



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

yashil
deb nomlanishi uchun, uni qanday loyihalash kerak? 
L O Y I H A I S H I
78-MAVZU. 
ENERGIYANI TEJASH
Qishda uy sharoitida energiyani qanday tejash mumkin?
Loyiha ishini quyidagi reja asosida bajaring: 
1. Loyiha ishi mavzusini tanlash. 
2. Loyiha ishi olib boriladigan tadqiqot obyektini belgilash.
3. Loyiha ishining maqsadini aniqlash. 
4. Loyiha ishini bajarishni rejalashtirish.
5. Loyiha ishini bajarish jarayoni.
6. Loyiha ishi bo‘yicha xulosalash. 
7. Loyiha ishini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Xavfsizlik qoidalari:
– loyiha ishi davomida diqqatli va ehtiyotkor bo‘ling;
– ishga kirishishdan oldin ishning bajarilish tartibini o‘rganing;
– o‘qituvchining tavsiyalariga qat’iy amal qiling;
– ish joyida faqat amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan jihozlarni qoldiring;
– issiq suvni plastik idishga solishda ehtiyot bo‘ling;
– plastik idishdagi suvning haroratini o‘lchashda ehtiyot bo‘ling.
Energiya tejovchi uy
Loyiha ishida tadqiqot obyekti:
issiqlik uzatilishini kuzatish jarayoni.
Maqsad: 
energiyani tejash usullarini o‘rganish.
Loyiha ishini bajarishni rejalashtirish. Bu bosqichda kerakli jihozlar va ishni bajarish tar
-
tibi rejalashtiriladi. 
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
bir xil o‘lchamdagi ikkita 
karton quti,
▸ 
1 litrli ikkita plastik idish,
▸ 
2 ta termometr,
Loyiha ishini bajarishdan oldin quyidagi jadvalni chizing.
1. Ikkita karton qutining har biriga bir tomoniga bir xil 
o‘lchamli deraza joyini chizing.
2. Deraza chizilgan joyni qaychi bilan kesib oling. 
3. Birinchi karton qutining derazasiga tashqaridan mos 
holda bir qavatli polietilin qopchani skotch yordamida 
yopishtiring.


172
173
11-bob. ENERGIYA
11-bob. ENERGIYA
▸ 
skotch o‘rami,
▸ 
yupqa va qalin parda 
materiali,

polietilin qopcha,

qozon,

qalam,

qaychi,

chizg‘ich, 
▸ 
yopishtiruvchi lenta yoki 
qadoqlash lentasi,
▸ 
pishirish idishi,
▸ 
pechka,
▸ 
suv.
4. Birinchi karton quti derazasining ichki tomoniga 
yupqa pardani skotch yordamida yopishtiring.
5. Ikkinchi karton quti derazasiga ichki va tashqi
tomondan mos holda ikki qavatli polietilin qopchani 
skotch yordamida yopishtiring.
6. Ikkinchi karton quti derazasining ichki tomoniga qalin 
pardani skotch yordamida yopishtiring.
7. Ota-onangiz yordamida qozonda suv isitib, har ikkala 
plastik idishlarga soling.
8. Plastik idishlardagi suv haroratini termometr 
yordamida o‘lchang va natijalarni jadvalga qayd eting.
9. Har ikkala plastik idishni karton qutilar ichiga joylang 
va karton qutini yoping.
10. Karton qutilarni quyosh nuri tushmaydigan joyga 
qo‘ying va vaqtni belgilang.
11. Karton qutilarni 2 soat o‘tgach ochib, har bir karton 
quti ichidagi plastik idishlardagi suvning haroratini 
o‘lchang va natijalarni jadvalga qayd eting. 
12. Ikkala idishdagi suv haroratlarini taqqoslang va 
xulosa chiqaring. 
Karton qutilar
Derazalardagi 
himoya qobig‘i
Kuzatuv boshidagi 
harorat
Kuzatuv oxiridagi 
harorat
Birinchi karton 
quti 
Bir qavatli polietilen qopcha 
va yupqa pardali
Ikkinchi karton 
quti
Ikki qavatli polietilen 
qopcha va qalin pardali
Xonadoningiz va yasagan energiya tejovchi 
uyingizning o‘xshash va farqli tomonlarini toping.
1. Xonadonda energiyani tejash uchun qanday o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilasiz?
2. Uyingizni isitish jarayonida energiya isrofini kamaytirish usullari haqida nima deya 
olasiz?

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə