Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

74-MAVZU.
JISMLARNING 
ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
Nima uchun sut idishdan toshib ketdi?
Issiqlik hodisalariga biz har kuni duch kelamiz. Nonushtaga choy damlanishi, ovqat 
pishirilishi yoki sovuqdan kelib isinishimiz – barchasi issiqlik almashinuv jarayoni bi
-
lan bog‘liq. Issiqlik faqat issiqroq jismdan sovuqroq jismga o‘tadi. Masalan, choynakni 
pechka ustiga qo‘ysak, ichidagi suv isiydi. Chunki pechka o‘z issiqligining bir qismini 
suvga beradi. Agarda ushbu choynakni qorning ustiga qoysak, suv isimaydi. Chunki 
bu holda muz suvdan sovuq. 
Tabiatdagi har qanday jism zarralardan tashkil topgan. Jismlar isitilganda undagi 
zarralar orasidagi masofa ortadi va natijada jism kengayadi. Sovitilganda esa undagi 
zarralar orasidagi masofa kamayadi, ya’ni jism torayadi.
Jismning issiqlikdan kengayishini quyidagi tajribada kuzatamiz.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
Shtativ, 
▸ 
temir halqa,
▸ 
temir dastakka ilingan 
metall sharcha, 
▸ 
quruq yoqilg‘i,
▸ 
keramika plita.
Guruhlarda ishlash.
1. Shtativga temir halqani mahkamlang.
2. Temir dastakka ilingan metall sharchani 
xalqadan o‘tkazib ko‘ring.
3. Metall sharchani halqadan chiqarib oling.
4. Keramika plita ustiga quruq yoqilg‘ini qo‘ying va yoqing. 
5. Metall sharchani olov ustiga olib 
keling va uni olovda qizdiring.
 
6. Qizdirilgan metall sharchani halqadan o‘tkazish uchun 
ustiga qo‘ying.
7. Sharchaning halqa ichidan o‘tishini kuzating.
Xulosa qiling.


164
165
11-bob. ENERGIYA
11-bob. ENERGIYA
Sharchaning halqadan o‘tmay qolganligini qanday izohlaysiz? 
Mubina buvisining olchadan murabbo tayyorlaganini kuzatdi. 
Buvisining shisha bankani issiq suv bilan yuvganini, so‘ngra banka 
ichiga qaynoq murabboni solganini ko‘rdi. 
Mubina: “Buvim nima uchun shisha bankani issiq suv bilan 
yuvdi?” deb o‘yladi?
Banka sovuq suv bilan yuvilganda qanday hodisa yuz berishi 
mumkin edi? 
Jismlarning issiqlikdan kengayishini bilish turmushda va 
texnikada juda muhim ahamiyatga ega. Quruvchi-arxitektorlar, 
temir yo‘l quruvchilari qurilayotgan inshootlarda bu muhim 
xususiyatni inobatga oladilar. Masalan, temir yo‘l relslarining 
uchlari bir-biriga jips qilib ulanmay
-
di, ulanish joylarida ozgina kenglik 
qoldiriladi. Agar shunday qilinmasa, 
yozning issiq kunlari da relslar uzayib, 
bir-biriga qadalib, buklanishga majbur bo‘ladi. Katta ko‘priklar
-
ni qurishda, beton plitalarning ulangan joylarida ham shunday 
ochiq joylar qoldiriladi. Bu ochiq joylarga mashina shinalari 
tushmasligi uchun maxsus temir panjaralar yopib qoyiladi. 
Katta ko‘priklar ustidan o‘tganingizda, qilingan bu choralarning 
guvohi bo‘lasiz.
Simyog‘ochlarga tortilgan elektr o‘tkazuvchi simlar yozda salqi, qishda esa tarang 
tortilgan holatda bo‘lishini kuzatganmisiz? Sababini tushuntiring.
1. Nima sababdan jismlar issiqlikdan kengayadi?
2. Nima sababdan sovuq shisha idishga qaynoq suv solinganda, u sinib ketadi? 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə