Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

MEVA VA SABZAVOTLARDAN 
ELEKTR OLISH
Tabiiy elektr manbalarini bilasizmi?
Maqsad: 
meva va sabzavotlardan tok manbaini yasash.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi

bir nechta kartoshka,

limon, 

yo‘g‘on temir (mix), 

mis simlar,

lampochka,

ulovchi simlar.
1. Bir nechta kartoshka olib, turli qismlariga mis va temir 
simlarni sanching.
2. Ulovchi simlari orqali kartoshkadagi mis va temir 
simlarni rasmda ko‘rsatilgandek ulang.
3. Birinchi kartoshkaga sanchilgan temir simni lam-
pochkaga ulang.
4. Uchinchi kartoshkaga sanchilgan mis simni lam-
pochkaga ulang.
5. Lampochkaning yonishini kuzating.
6. Bir nechta limon olib, tajribani yuqorida keltirilgan 
usulda takrorlang.
7. Tajribalarni muhokama qiling va taqqoslang. 
Qaysi tajribada lampochka yorqinroq yondi? Nima uchun?
Meva va sabzavotlardan elektr energiyasi olish uchun foydalanish mumkinmi? Sababini 
tushuntiring.
Qaysi meva hujayrasi ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqargan? 
Qanday qilib murchni tuzdan ajratib olish mumkin?
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi

plastmassa qoshiq, 

tarelka,

tuz,

murch,

bir parcha shoyi mato.
1. Bir choy qoshiq tuz va murchni yaxshilab aralashtiring 
va tarelka ustiga to‘king.
2. Plastmassa qoshiqni shoyi matoga taxminan 1 minut 
davomida ishqalab tiring.
3. Plastmassa qoshiqni tuz va murch aralashmasining 
ustiga yaqinlashtiring.
4. Jarayonni kuzating. 
Nima uchun plastmassa qoshiqqa murch kukuni tortiladi?
1. Qaysi meva va sabzavotlardan ko‘proq elektr olish mumkin?
2. Meva va sabzavotlarning chiqindilaridan muqobil energiya manbai sifatida foy
-
dalanish mumkinmi?


180
181
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə