Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

69-MAVZU. 
NIMA UCHUN 
KEMALAR CHO

KMAYDI?
Suvda suzayotganingizda, Yerda yurganingizga o‘zingizni qanday his qilasiz?
Suvga mix yoki kichkina tosh tashlansa, cho‘kib 
ketadi. Agar bir bo‘lak yog‘och yoki po‘kakni suyuqlik 
ichida ushlab turib qo‘yib yuborsak, uning suyuqlik sirti
-
ga qalqib chiqqanini ko‘ramiz. Bundan suyuqlikka botiril
-
gan jismni yuqoriga qarab ko‘taruvchi kuch bor ekanligini 
his qilamiz. Bu kuchni birinchi bo‘lib eramizdan avvalgi 
III asrda yashagan qadimgi yunon olimi Arximed aniqla-
gan, shuning uchun
Arximed kuchi
deb ataladi. 
Arximed haqida afsona 
Sirakuza qiroli Hieron o‘ziga oltin
-
dan toj yasashni ustaga buyuradi. 
Usta oltindan yasagan tojni qirolga 
keltiradi. Tojning og‘irligi berilgan 
oltin og‘irligiga teng bo‘lsa-da, qirol 
uni boshqa metallar qotishmasidan 
yasalgan deb gumon qiladi. Sirakuza 
qiroli ustaning halolligini tekshirish 
maqsadida, Arximedga tojga zarar 
yetkazmasdan, uning sof oltindan 
ekanligini aniqlashni buyuradi.
Arximed bu vazifani bajarish uchun ko‘p o‘ylanadi. Tojni tortish oson, ammo uning 
hajmini topishda qiynaladi, chunki toj juda murakkab shaklga ega edi. 
Kunlarning birida Arximed hammomda suv bilan to‘ldirilgan vannaga tushganda suv 
toshib ketganini ko‘radi. Vannadan to‘kilgan suvning hajmi o‘z tanasining hajmiga teng 
ekanligini tushunadi. Oltin boshqa metallarga qaraganda katta zichlikka ega. Bir xil massa
-
ga ega bo‘lgan turli metallar aralashmasidan yasalgan toj oltindan yasalgan tojdan kattaroq 
hajmga ega. O‘zining kashfiyotidan xursand bo‘lgan va hayajonlangan Arximed “Evrika! 
Evrika!” (“Topdim! Topildi!”) deya xitob qiladi.
Nima uchun havo sharlari osmonga ko‘tariladi?
Havo sharlari, aerostat, dirijablning havoga ko‘tarilishi Arximed kuchiga asoslangan. 
Havo sharlarining ichi havoga nisbatan zichligi kichik bo‘lgan geliy gazi bilan to‘ldirila
-
di. Sharga ta’sir ko‘rsatuvchi Arximed kuchi shar ichidagi gazning og‘irlik kuchidan katta
bo‘lganligi uchun havo shari yuqoriga ko‘tariladi.
Kemalar qanday suzishini bilasizmi? 
Kema va qayiqlarning suvda suzishi ham
Arximed kuchiga asoslangan. Kema korpusining 
suvga botgan qismi juda katta miqdordagi suvni
siqib chiqaradi. Arximed qonuniga asosan, siqib
chiqarilgan suvning og‘irligi Arximed kuchiga teng. 
Bu kuch shunchalik katta bo‘lib, u kema va unga
ortilgan yukni ko‘tara oladi. Kema korpusining eng
ko‘p suvga botish darajasi 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə