Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


qizil chiziq bilan belgilanadi. Bu chiziq vater



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

qizil
chiziq bilan belgilanadi. Bu chiziq
vater 
chiziq deb 
ataladi. Vater gollandcha so‘z bo‘lib, “suv” degan ma’noni anglatadi. Ulkan yuk kema-
larida vater chizig‘ining suvga botishi qat’iy nazorat qilinadi.
1. Qanday suvda odam cho‘kmaydi?
2. Havo sharlari ko‘tariladigan balandlik chegaralanganmi?
3. Tuxum toza suvda cho‘kadi, ammo sho‘r suvda suzib yuradi. Sababini tushuntir
-
ing va tajribada tekshirib ko‘ring.



154
155
10-bob. HARAKAT VA KUCH
10-bob. HARAKAT VA KUCH
A M A L I Y M A S H G ‘ U L O T
70-MAVZU. 
JISMLARNING SUZISH SHARTLARI
Maqsad
: jismlarning suzish shartlarini tajribada aniqlash.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
menzurka,
▸ 
shisha probirka,

qum, 

quruq mato
1. Menzurkaga suv quying.
2. Probirkaning og‘zini berkitib, suv solingan 
menzurkaga soling va kuzating.
3. Probirkani suvdan olib, uni quruq matoda arting.
4. Probirka uzunligining ¼ qismiga teng balandlikda 
qum soling va og‘zini berkiting.
5. Qum solingan probirkani suv solingan menzurkaga 
soling va kuzating.
6. Probirkani suvdan olib, uni quruq matoda arting.
7. Probirka to‘lguncha qum soling va og‘zini 
berkiting.
8. Qum solingan probirkani suv solingan menzurkaga 
soling va kuzating.
9. Kuzatishlarni taqqoslang.
Suyuqlikda turgan jism qanday shartda qalqib chiqadi? 
Qanday shartda suzib yuradi? Qanday shartda cho‘kadi?
Nima uchun kartoshka suv yuziga qalqib chiqdi?
Ahmad qiziq tajriba o‘tkazdi. U ikkita bir xil idishga teng miqdorda suv quydi. Kartoshka 
dastlab birinchi idishga solinganda, u idish tagida cho‘kdi. Ahmad cho‘kkan kartoshkani 
suvdan olib, ikkinchi idishga solganida kartoshka suvda qalqib qoldi. 
Ahmad tajribasining sirini qanday izohlaysiz?
Agar qattiq jismning zichligi suyuqlik zichligidan kat
-
ta bo‘lsa, jism suyuqlikka cho‘kadi. Zichligi kam bo‘lgan 
jism suyuqlikda suzib yuradi. Zichligi suyuqlik zichligiga 
teng bo‘lgan jism suyuqlik ichida muallaq holda bo‘ladi.
Yer yuzida sho‘r suvli dengiz bor. U O‘lik dengiz 
deb ataladi. O‘lik dengiz Falastin, Iordaniya va Isroil 
o‘rtasida joylashgan. Bu dengizda inson cho‘milgan
-
da cho‘kmaydi, chunki dengiz suvining zichligi katta. 
Shuningdek, dengiz suvida tuz miqdori yuqori bo‘lgan
-
ligi uchun, unda tirik organizmlar yashamaydi. 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə