Wi-fi va bluetooth qurilmalari orqali boshqaruv tizimini yaratish



Yüklə 55,63 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü55,63 Kb.
#154333
  1   2   3   4
61e570d1da2f6


WI-FI VA BLUETOOTH QURILMALARI ORQALI BOSHQARUV TIZIMINI YARATISH


Usmonov Maxsud Tulqin o’g’li
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
maqsudu32@gmail.com


Annotatsiya: Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo’ldi va bo’lmoqda. Ba’zilar bu terminni noto’g’ri tushunishi yoki noto’g’ri joyda ishlatilishini siz ham sezgan bo’lsangiz kerak. Balki siz bu tushunchani bilarsiz, shunday bo’lsa ham maqolani erinmay o’qib chiqing balki, qandaydir yengilik olarsiz. Wi-Fi tushunchasini asosini yaxshilab tushuntirib batafsil ma’lumot berib boraman. Ba’zan ikkita kompyuterni yoki noutbukni bir-biriga ulashingiz kerak bo’lgan holatlar mavjud (masalan, ba’zi ma’lumotlarni uzatish yoki shunchaki koop-versiyada kimdir bilan o’ynash kerak bo’lsa). Buning eng oson va tezkor usuli bu Wi-Fi orqali ulanish. Bugungi maqolada Windows 8 va undan yangi versiyalarida ikkita kompyuterni tarmoqqa qanday ulashni ko’rib chiqamiz. Wi-Fi orqali noutbukni noutbukga qanday ulash mumkin.Ushbu sizga ikkita qurilmani tarmoqqa ulash uchun ikkita standart tizim vositasidan qanday foydalanish kerakligini aytib beramiz.
Kalit so’zlar: Simsiz aloqa o’rnatish, Wifi va bluetooth qurulmalari haqida batafsil ma’lumot, Wi-Fi va Bluetooth qurilmalari orqali boshqaruv tizimini yaratish.


Kirish


Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o’rni beqiyosdir. Chunki aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog’liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo’glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o’rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko’rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz.
Bu bir qancha qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasining o’ziga bog’liq bir qancha noqulayliklari bor. Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hokazo.Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi kabimoliyaviy noqulayliklari mavjud. Shunday noqulayliklar va moliyaviy zararlardanqochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi-Fi va Bluetooth va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi.
1. Wifi va bluetooth qurulmalari haqida batafsil ma’lumot
Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo’ldi va bo’lmoqda. Ba’zilar bu terminni noto’g’ri tushunishi yoki noto’g’ri joyda ishlatilishini siz ham sezgan bo’lsangiz kerak. Balki siz bu tushunchani bilarsiz, shunday bo’lsa ham maqolani erinmay o’qib chiqing balki, qandaydir yengilik olarsiz. Wi-Fi tushunchasini asosini yaxshilab tushuntirib batafsil ma’lumot berib boraman.
Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo’la olmaydi. Bu bir texnologiya, ya’ni simsiz aloqa o’rnatish texnologiyasi bo’lib, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi.WiFi(vayfay deb o’qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o’rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo’lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o’rnatish texnologiyasi bo’lib, IEE802.11 standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to’g’ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo’lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo’lishi kerak, bu tashuvchi chastota deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo’lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo’yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o’rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi. Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo’ladi. Bular o’rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo’ladi, ya’ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham ishlaydi(bluetooth), demak bir-biriga biroz halaqit berishi mumkin. Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha.
Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo’ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo’ladi, yoki bo’lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo’ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo’lmaydi, ya’ni Wi-Fi router orqali jo’natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.
Umumiy oladigan bo’lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo’lgandan so’ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba’zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o’yinlar ham o’ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.
IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:
IEE802.11a;
IEE802.11b;
IEE802.11g;
IEE802.11n.
Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo’lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.
Ko’p kafe, restoran, katta binolar, do’konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko’rishingiz mumkin.
Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya’ni qabul qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo’lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo’lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulana olmaydi(agar parolni bilmasangiz).

Yüklə 55,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə