29
funksiyalarini,
mamlakat
sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi
prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq
va majburiyatlarini va
xokazolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi.
Byudjet siyosati byudjetda konsentratsiya qilinadigan (tо‘planadigan) YAIM
hissasini
aniqlashda,
mamlakat
yuqori
va
quyi
organlarining
о‘zaro
munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi
byudjetlar о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet
defitsitini qoplash yо‘llarini aniqlashda va xokazolarda ifodalanadi.
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida
tasdiqlanadigan hujjat
hisoblanadi. Unda davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida
konsentratsiya qilingan (tо‘plangan) pul mablag‘larining harakati о‘z ifodasini
topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul
resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi.
Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan kо‘p
mablag‘
talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi
favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy
boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning
daromadlar qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning
yо‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga
olgan holda hokimiyatning
qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi.
Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga
s
oliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi
nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan.
Dostları ilə paylaş: