30
-soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa
tortish ob’ektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni
joriy etish soliqlarni
undirish bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va
pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod deb e’lon qilish va
xokazo yо‘llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;
-soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi
byudjet daromadlarini
shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda,
mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi.
Chunki bunday
soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga
(zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida
daromadga ega bо‘lgan aholining 80-90 foiz qismiga yuklanadi. Bu paradoks
daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga
asoslangan;
-egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining
asosiy qismidan jamg‘armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va
ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan
voz kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
-egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zebu-ziynat
buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar
va xizmatlar va boshqa bir
qancha о‘ziga xos bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
-daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib
hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga
asosan qurmoq lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha
a’zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi.
Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag‘batlantirilishini (motivatsiya
qilinishini) olib qо‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim.
Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bо‘ladi-
yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion
imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu
narsa, о‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining о‘sish bazalarining
(asoslarining) pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan)
yana biri pul
siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning
aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan
qismi qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan
tо‘ldiriladi (tiklanadi).
Va
aksincha, agar pul massasi unga bо‘lgan talabdan ortiq bо‘lsa, yo pul
massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning
qadrsizlanishi sodir bо‘ladi.
Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi
mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq-mamlakatda xorijiy valyutaning
muomalada bо‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yо‘qmi, milliy valyuta konvertatsiya
qilinadimi yoki yо‘qmi? va xokazo.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul
birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.