8
xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida)
aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi.
Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq
bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida
sohasini tashkil etadi. SHunday qilib,
quyidagilar moliyaning xarakterli
belgilaridir:
-qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bо‘lmasdan, aksincha, real
pullarning harakatiga bog‘liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish
etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi;
-pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega
ekanligi;
-markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga
keltirish).
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun
ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida
qanday о‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning о‘zida moliya puldan о‘zining
mazmuni va bajaradigan funksiyalari bо‘yicha farqlanadi.
Agar pul umumiy
ekvivalent bо‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning
mehnat xarajatlari о‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy
daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul
mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni
amalga oshirish qurolidir.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina davlat va
korxonalarning pul mablag‘lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas,
balki
moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish
moliyaning nima uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini
ifodalaydi:
-tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya
qilish jarayonida korxonalar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash
borasida korxonalar va ularning yuqori organlari о‘rtasida
vujudga keladigan pul
munosabatlari;
-byudjet tizimiga soliqlarni tо‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish
davomida korxona va davlat о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlarni tо‘lash jarayonida davlat va fuqarolar
о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-tо‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar,
fuqarolar va maqsadli fondlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-byudjet tizimining alohida bо‘g‘inlari о‘rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
-sug‘urta badallarini tо‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi rо‘y
bergan
paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari
о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
9
-korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul
munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bо‘lib
mamlakatning milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadning hajmi umumdavlat
e h tiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini
aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va
jamg‘arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish
proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi.
Huddi shuning uchun
ham barcha mamlakatlarda milliy daromad statistikasiga muhim ahamiyat
berilayotir.
Moliyaning ishtirokisiz m i l l i y d a r o m a d ni taqsimlab bо‘lmaydi. Moliya
m i l l i y d a r o m a d ni yaratish va undan foydalanishning ajratib bо‘lmaydigan
bog‘lovchi bо‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga
ta’sir etib, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum
bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat kо‘rsataolmaydi. Tarixiy
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat
davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar,
iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bо‘lgan
korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: