14
infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va xokazolarni rivojlantirishda hal
qiluvchi rolni о‘ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
-xо‘jalik subektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari
darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga;
- xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida
qayta taqsimlashni sodir etishga;
- xо‘jalik subekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar
tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib
beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning
instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv
ravishda о‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga
taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga
oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat
funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil
etadi.
Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul
mablag‘larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga
kelayotganligi, xо‘jalik yurituvchi subektlar ixtiyoriga
moliyaviy resurslarning
о‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega
bо‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa,
moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yо‘qki, bu
narsa
yuqoridagi
har
ikki
funksiya
koordinatsiya
qilinishining
(muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g‘risida darak berayotir.
Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi
ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-
texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bо‘g‘inlarida
ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish,
moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor
foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik
va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy
masalalar bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq
xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va
tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi subekt-larning о‘zaro majburiyatlari
bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish hisoblanadi.
Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat
funksiyasi namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va
soliq xizmatining xodimlari
moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar
qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor
munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yо‘nalishi, moliyaviy
15
nazoratning shakl va metodlari keskin о‘zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu
mexanizm milliy xо‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining
majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘-lari fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini,
moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni о‘z
ichiga oladi.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bо‘lgan
moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik
yurituvchi subektlar va
aholining byudjet tizimi, maqsadli fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va
boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: