18
-milliy daromad (ishchi kuchi va qо‘shimcha mahsulotning qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat
subsidiyalaridan yoki bank
kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish
sohasidan chetda shakllanadi. Jami ijtimoiy mahsulotning qiymatidan sarflangan
ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom-
ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg‘i elektroenergiyani xarib qilish
kо‘rinishlarida va xokazo) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu
tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. Chunki
usiz jamiyatning bо‘lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu jami
ijtimoiy mahsulotni taqsimlash jarayonidir.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona (alohidalashgan) tizim sifatida
qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash milliy daromaddan faqat soliqlarni
tо‘lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq
tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat kо‘rsatish sferasi, maorif,
sohliqni saqlash, bank tizimi va xokazolar ham qatnashadi.
Davlat о‘z daromadlarini shakllantirib,
ular hisobidan, xususan, byudjet
sohasining xodimlariga ish haqi tо‘laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, о‘z
navbatida, davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan
soliqlarni tо‘laydilar. Fuqarolar о‘zlarining shaxsiy daromadlari hisobidan turli
xizmatlarning haqini tо‘laydilar, sug‘urta fondlariga ajratmalar (badallar) qiladilar,
bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qayta-radilar.
Korxonalar xizmat kо‘rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar
tо‘laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga yо‘naltiriladi.
Taqsimlashning
tarkibiga
kiruvchi
barcha
munosabatlar
ham
moliya
bо‘lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan chetda moliya mavjud emas.
Jami ijtimoiy mahsulotning ikkiga bо‘linishi bilan xarakterlanadigan
taqsimlashning birinchi bosqichidan sо‘ng
ikkinchi bosqich boshlanadiki, unga
muvofiq milliy daromad jamg‘arish fondi va iste’mol fondiga bо‘linadi.
Jamg‘arish fondi ikki qismdan iborat bо‘lib, uning bir qismi takror ishlab
chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga
mо‘ljallangandir.
Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga
davlat quyilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va
sug‘urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bо‘ladi.
Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq
amalga oshiriladi. Lekin bu erda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin.
Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan
byudjet doirasida
(chegarasida) amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan (sivilizatsiyali) mamlakatlarda
byudjet qonun kuchiga ega bо‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini
о‘rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-ketligiga e’tibor
bermaslikka imkon beradi.
Kо‘pchilik hollarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga
oshirilishi sodir bо‘ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash
zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bо‘yicha
nomuvofiqlikni oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish uchun) davlat
19
krediti mexanizmidan foydalaniladi.
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi о‘rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror
ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan subektlari (davlat bilan ham
birgalikda) о‘rtasida ham juda alohidadir. Iste’molning darajasiga texnologiya
darajasi, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi.
Huddi shunga о‘xshash ravishda jamg‘arish fondi va iste’mol
fondi
о‘rtasidagi nisbatlarning tendentsiyasini aniqlashning ham iloji yо‘q. Iste’mol
fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida jamg‘arishning
hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg‘armalar о‘sadi). Agar milliy daromadda
iste’molning nisbiy hissasi kamroq bо‘lsa, korporativ jamg‘armalar о‘sadi. Chunki
yaratilgan milliy daromad yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir.
Butun takror ishlab chiqarish jarayonining negizida о‘ziga xos tovar bо‘lgan ishchi
kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi о‘zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan
ortiq bо‘lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab
chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga - mehnat qurollari va mehnat predmetlari
- xos emas.
О‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
-ijtimoiy iste’mol fondlari;
-shaxsiy iste’mol fondlari.
Alohida olingan mamlakatlar bо‘yicha ular о‘rtasidagi nisbat davlat
tuzilmasiga, an’analarga va xokazolarga bog‘liq. Hokimiyat tepasida kommunistik
yoki ijtimoiyistik partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari
iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy о‘rinni egallaydi.
Chunki ijtimoiy
iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam
kо‘rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi.
Ijtimoiy iste’mol fondlarining salmog‘i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan
yuqori bо‘lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat,
qishloq
xо‘jaligi va hokazolarni moliyalashtirish qо‘llab-quvvatlanadi. Shuni ta’kidlash
kerakki, ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni
moliyasiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Boshqa qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita
ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani sо‘zma-sо‘z tushunish kerak emas. Chunki,
masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va ajratmalarning о‘lchamini
aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda
summasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish
va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi.
Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga
oshiriladi
. Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini
shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bо‘lgan dunyoning kо‘pchilik
mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishda
о‘zining tо‘lovlari bilan ham ish beruvchilar va yollanma mehnat xodimlari ishtirok
etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol
fondining bir qismi yо‘naltiriladi.
Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bо‘linadi:
20
-shaxsiy jamg‘arma fondlari;
-iste’mol fondlari.
Aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining
faoliyat kо‘rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi.
Iste’mol fondi va jamg‘arish fondi о‘rtasidagi nisbat hamda ularning fizik
hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beradi.
Agar davlat soliqlar kо‘rinishida birlamchi daromadlarning
katta qismini olib
qо‘ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin.
Bu erda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib
taqaladi uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish
tо‘g‘risida gap ketayapti), yo nosamarali (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi)
yo nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bо‘lib, ishchi
kuchining takror ishlab chiqarilishini rag‘batlantirmaydi) bо‘lishi mumkin.
Agar davlat soliqlar kо‘rinishida MDning 30foiz dan ortiqrog‘ini oladigan
bо‘lsa, u holda iqtisodiyotni о‘stirish va modernizatsiya qilish uchun ichki rezervlar
etarli darajada bо‘lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqli olib qо‘yish darajasi 30
foizdan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror
ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat о‘z zimmasiga olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: