O„zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti


 Fanni o„rganishning nazariy-uslubiy asoslari



Yüklə 311,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix20.10.2023
ölçüsü311,16 Kb.
#128472
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-мавзу тарих

3. Fanni o„rganishning nazariy-uslubiy asoslari 
Tarix xalqning fikr-tafakkuri va dunyoqarashining hosilasi. Aynan shuning 
uchun ham – tarix ibrat maktabi bo„lib, o„tmishda yo„l qo„yilgan nuqsonlarni anglash 
va ulardan tegishli saboq chiqarish, xushyorlik va ogohlikni targ„ib etuvchi, 
buzg„unchi g„oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va 
bag„rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ibrat maktabidir. Shuningdek, xalq xotirasi
o„tmish, ushbu o„tgan tarixiylikni o„quvchilarga haqiqiy yetkazish tarixni fan 
darajasiga ko„taradi. Tarixni fan sifatida o„qish, o„rganish, talqin etish va chuqur 
anglab yetish bevosita ilmiy tadqiqotlarning samarasi hisoblanadi. Aynan shuning 
uchun ham tadqiqotlar natijalarini doimiy ravishda fanga joriy etib borish 
metodologik jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Tarixni yoritish va o„rganishda birinchi navbatda bilish nazariyasining 
dialektik metodidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Olam yagona va yaxlit, 
barcha hodisa-voqealar umumiy va o„zaro bog„liqlikda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli 
taraqqiyotda bo„lishi dialektikaning asosiy tamoyillaridir. Dialektik metodologiya 
barcha mamlakat va xalq tarixini, shuningdek, O„zbekistonning eng yangi tarixini 
jahon xalqlari tarixi bilan bog„liq holda o„rganishni talab etadi. 
Qadimdan bugungacha O„zbekiston Markaziy Osiyo va qo„shni mintaqadagi 
ko„pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo„lib keldi. Bu holat 
O„zbekistonning eng yangi tarixini qo„shni mamlakatlar tarixi bilan bog„liq holda 
o„rganishni taqozo etadi. Tarixiy voqea-hodisalarni tahlil etish, yoritish va 
o„rganishda xolisona, haqqoniy, adolatli va ilmiy yondoshuv muhim metodologik 
qoida hisoblanadi. Xolislik qoidasi tarixiy voqea-hodisalarni o„rganayotganda, ular 



bilan bog„liq barcha jarayonlarning hech bir istisnosiz butun majmuani birga olib 
tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy 
hodisalarni bir butun holda o„zaro aloqada va munosabatda tekshirish lozim. 
Tarixiy voqea-hodisalarni o„z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan 
holda o„rganish ham muhim ahamiyatga ega. Voqea-hodisalarni o„rganishda tarixiy 
rivojlanish jarayoniga e‟tibor qaratmoq zarur. Shu jihatdan tarixni yoritish va 
o„rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim o„rin tutadi. Har bir voqea-hodisani 
boshqa voqea-hodisa bilan bog„lab o„rganilgandagina mazkur voqea- hodisalarning 
umumiy tarixiy jarayonidagi o„rnini to„g„ri aniqlash, belgilash mumkin bo„ladi. Har 
bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo„lagi deb qaramoq 
zarur. Ularning qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo„lganligini, o„z 
taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o„taganligini, keyinchalik u qanday bo„lib 
qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. 
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o„tmishini, hozirgi zamon va kelajagini 
yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o„tmish hozirgi zamonni yaratdi, hozirgi zamon 
kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. O„tmishni, ajdodlarimiz 
tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqillik 
mazmun-mohiyati va ahamiyatini mukammal tushunamiz, kelajakni to„g„ri tasavvur 
etamiz. 
Tarixiy jarayonni o„rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga ham rioya qilmoq 
zarur bo„ladi. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha 
tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o„rganishni taqozo etadi. 
Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa – kambag„allar, yo„qsillar yoki mulkdor, 
boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv 
bo„lib, u tarixni soxtalashtiradi, to„g„ri xulosaga olib kelmaydi. 
O„zbekiston tarixini o„rganishda milliy qadriyatlar, xalq an‟ana va urf-
odatlarini, din tarixi, odamlarning diniy e‟tiqodlari, diniy ta‟limotlar va ularning 
asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilib, 
o„tmishga hurmat, e‟zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak.
O„tmishning tarixiy jarayonlarini tahlil etish, yoritish va o„rganishda Vatan 
manfaati nuqtai-nazaridan yondoshib, milliy istiqlol g„oyasi tamoyillariga tayanib ish 
tutish juda muhim hisoblanadi. 
Tarixni o„rganishda yuqoridagi nazariy-metodologik qoidalar bilan bir qatorda, 
dalillarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik 
tadqiqotlar o„tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 311,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə