10
O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi huzurida
O„zbekistonning eng yangi tarixi bo„yicha Jamoatchilik kengashi
tashkil etilgan edi.
2016-2017 yildan mustaqil O„zbekiston o„zining
yangi rivojlanish pallasiga
kirdi. Oldingi yillarda amalga oshirilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi
o„laroq ijtimoiy hayotda sodir bo„layotgan tub o„zgarishlarni yangicha talqin qilish
tarixiy zaruratga aylandi.
O„zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining
eng yangi tarixini tadqiq etish va o„qitish, ilmiy,
ilmiy-ommabop, o„quv-metodik,
ma‟rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta‟lim va boshqa ijtimoiy
sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida
ilmiy, madaniy, ta‟lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini
muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda,
avvalambor,
umumta‟lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o„quvchilarida, oliy
ta‟lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni
shakllantirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17
fevraldagi – Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish,
boshqarish
va
moliyalashtirishni
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to„g„risidagi PQ-2789-sonli Qaroriga muvofiq, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi
huzuridagi O„zbekistonning eng yangi tarixi bo„yicha
Jamoatchilik kengashi
O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O„zbekistonning eng yangi
tarixi bo„yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi. Jamoatchilik kengashi
O„zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o„qitish samaradorligini, mazkur
sohada ilmiy, o„quv-metodik adabiyotlar, ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar sifatini oshirishga
ko„maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik
asosida faoliyat yurituvchi
idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi etib belgilandi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyuldagi
O„zbekiston tarixi telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risidagi Qaroriga
(PQ-4390) asosan, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o„rganish, yosh
avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash,
jamiyatda vatanparvarlik va o„z xalqi bilan g„ururlanish tuyg„usini
shakllantirish
asosida milliy o„zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz
dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “O„zbekiston tarixi”
Dostları ilə paylaş: