Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/91
tarix21.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#129950
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o‘rgatish

Individuallik 
– shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Iqtisodiy ta’lim 
- o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini 
shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, 
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy 
bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
- «Ta’lim to‘
:
g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda 
ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak 
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, 
istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat. 
Kasb-hunar kolleji 
– o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va 
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir 
yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim 
standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik 
maqomga ega ta’lim muassasasi. 
Kategoriya
- fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy 
tushuncha. 


129 
Kompensatsiya
(yunoncha «compensatio» - o‘rnini to‘ldirish, tenglashtirish) 
– oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning 
buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurish. 
Ko‘rgazmali metodlar 
– predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy 
holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar. 
Kasb – 
bu mehnat faoliyatining barqaror turi bo‘lib, u nafaqat aniq bilim va 
ko‘nikmalarni, balki bir xil bo‘lgan umumkasbiy bilimlarni ham talab qiladi. 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə