Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.  Ma’lumot



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/91
tarix21.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#129950
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o‘rgatish

Malaka
– ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. 
Ma’lumot 
– ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan 
bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash 
majmui. 
Menejment 
– mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish 
uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o‘tkazish asosida ularning faoliyatini 
tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari. 
Metod 
– yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi 
ma’nolarni anglatadi. 
Metodika 
(fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganadi. 
Munozara 
(tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki 
ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli. 
Nazorat (ta’lim jarayonida) 
– ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.


131 
Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili –
nazariy bilimlarning hayotga, 
amaliyotga bog‘lanishini kengaytira borishni talab qiluvchi tamoyil. 
Olam haqida shartli tasavvur – 
dunyoning yaxlit manzarasi, bolaning 
olingan bilimlarga shaxsiy munosabati, shuningdek, ularnni o‘z amaliy faoliyatida 
qo‘llash malakalarini shakllantirish. 
Oila tarbiyasi 
– ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) 
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib 
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
Oliy ta’lim 
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki 
bosqich (bakalavriat hamda magistratura) da tashkil etiladigan hamda 
mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy 
ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi. , 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə