Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/91
tarix21.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#129950
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o‘rgatish

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
– jamiyatning oliy malakali ilmiy va 
ilmiy pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim - 
kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-
tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish, 
shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga 
oshiriladigan ta’lim bosqichi. 
Oraliq nazorat
– o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob 
yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini 
aniqlash, baholash shakli. 
Pedagog kadrlar tarkibi 
- o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, 
defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport 
va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat 
mutaxassislar.
Pedagogik talab
- turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida 
ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor 
me'yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Rag‘batlantirish
– tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy 
baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-
quvvatlash usuli.
Rivojlanish 
– shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon 
boiadigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 
Rivojlantiruvchi vazifa
– 
o‘qitish jarayonida shaxsning aqliy, hissiy va 
irodaviy rivoj lanishi, bilishga bo‘ lgan intilishlarini va ijodiy faollikni 
shakllantirish va rivojlantirishni ta’ minlashdan iborat bo‘lgan vazifa.
 
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash)
– muayyan 
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf –
yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan ma’lum o‘quvchilar guruhi.


132 
Tamoyil 
(yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, 
asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi
umumlashtirilgan talab.
Tarbiya 
– muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida 
shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayoni.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə