Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/91
tarix21.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#129950
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o‘rgatish

Tarbiya jarayoni
– o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik 
jarayoni.
Ta’lim jarayoni
– o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi 
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
Ta’lim muassasasi Ustavi
- ta’lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini 
yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat. 
Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan «conceptio» – tizim) 
– ta’lim-tarbiya 
mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining 
turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini 
belgilashning alohida usuli. 
Tevarak-atrof –
chamalash, oriyentirovka qilish, o‘zi turgan nuqta, yon 
atrofdagi obyektning o‘ng, chap, oldi, orqa, yuqori, past, yonma-yon, yaqin 
tomoni. 
Universitet 
– kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy 
va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik 
maqomga ega ta’lim muassasasi. 
Usul 
- muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy 
ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan 
foydalanish. 
Vaqt xususiyatlari –
bu vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u tabiat va 
jamiyatning chiqishi yo‘nalishini ifodalaydi.
Vaziyat- situation-
(situatsiya) (keying lotinchadagi situation -ahvol)

muayyan vaziy at, ahvolni hosil qiladigan shartsharoitlar va holatlar uyushmasi
 
Verbal ifoda 
– bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) 
yetkazib berish, ifoda etish. 
Shaxs
- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə