126
GLOSSARIY
Amaliy ishlar metodi –
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Aqliy tarbiya –
shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga
yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Bakalavriat
- mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha
fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta’lim olish muddati kainida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy
ta’lim.
Bashoratlash –
bo‘lajak darsni tashkil qilishining turli
variantlarini baholash
va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Baho –
ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga
nisbatan ijodiy yondashishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi.
Dostları ilə paylaş: